Basketbol

Basketbol



Basketbol boʻyicha Toshkent turniri

NIZOMI

Basketbol boʻyicha Toshkent turniri Toshkent shahrida “Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasida yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida oʻtkaziladi. Jamoalar sportdagi iqtidorini namoyish etishadi va gʻoliblar qimmatli sovgʻalarga ega boʻlishadi.

1. Tanlov tashkilotchilari

Turnir Toshkent shahar hokimligi tomonidan taʼsis etilgan.

2. Tanlov maqsadlari va vazifalari

- Oʻzbekiston yoshlari orasida iqtidorli sportchilarni aniqlash.

- Yoshlar oʻrtasida sportni targʻib qilish.

- Yoshlar tashabbuslarini toʻgʻridan-toʻgʻri davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.

- Sportga qiziquvchi yoshlar sonini koʻpaytirish.

3. Tanlovda qatnashish shartlari

3.1. Tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtincha yashab turgan Oʻzbekiston fuqarolari yoki Oʻzbekistonda yashash huquqiga ega boʻlgan shaxslar, jamoalar taklif etiladi.

3.2. Oʻzbekistonning boshqa shaharlari jamoalarining ishtirok etishiga turnir oʻtkazilish vaqtida Toshkent shahrida yashab turishni mustaqil ravishda taʼminlash sharti bilan ruxsat etiladi.

3.3. Tanlovda qatnashish huquqi ishtirok etish uchun ariza berish vaqtida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarga beriladi.

3.4. Tanlov tashkilotchilari jinsi, irqi, etnik, diniy va lisoniy mansubligi bilan bogʻliq har qanday shakldagi diskriminatsiyaga yoʻl qoʻyilmasligini maʼlum qiladilar.

3.5. Tanlovda qatnashish bepul. Tanlov tashkilotchilari turnir ishtirokchilarini oziq-ovqat va kundalik xarajatlar bilan taʼminlamaydi.

4. Tanlovni oʻtkazish bosqichlari

4.1 Qatnashchilar: jamoa – 12 oʻyinchi (6+6). 5 kishi boʻlib oʻynashadi +1 zaxira. 10 kishi boʻlishi ham mumkin, tarkibi toʻliq boʻlmagan jamoa musobaqaga qoʻyilmaydi. Agar oʻyinchi jarohat yoki 5 ta jarima olsa, zaxira oʻyinchisi maydonga tushadi. Agar zaxirada oʻyinchi boʻlmasa, raqib jamoa murabbiyi zaxira oʻrindigʻidagi istalgan oʻyinchilardan birini tanlaydi.

4.2 Oʻyin davomiyligi: 8 daqiqadan 4 ta davr. Har bir davr 4 daqiqalik 2 ta boʻlimga boʻlinadi. Har bir beshlik +1 zaxira oʻyinchisi 1-, 2-, 3-davrlarda 4 daqiqadan, 4-davrda esa barcha oʻyinchilar cheklovlarsiz oʻynashi mumkin. Beshlikni oʻzgartirish toʻp savatga tashlangach yoki oʻyin toʻxtatilgan vaqtda amalga oshiriladi.

4.3. Har bir davrda murabbiy 2 ta 30 sekundlik tanaffus olishi mumkin: 1-si – dastlabki 4 daqiqa ichida, 2-si – ikkinchi 4 daqiqa ichida. 4-davrda murabbiy 2ta toʻliq daqiqali tanaffus olishi mumkin.

4.4. 1- va 2-, 3- va 4-davrlar orasidagi tanaffus – 1 daqiqa; oʻyin boʻlimlari orasida – 5 daqiqa. Beshlikni almashtirish vaqtida tanaffus koʻzda tutilmagan (oʻzgarishlar imkon qadar tez amalga oshiriladi).

4.5. Oʻyin markaziy doirada toʻpni tashlash bilan boshlanadi, uyogʻiga qoidalarga binoan “bahsli toʻp” oʻynaladi.

4.6. Erkin uloqtirishni amalga oshirishda, uloqtirgandan keyin chiziqdan oʻtishga ruxsat beriladi.

Yoʻqolgan buyumlar uchun maʼmuriyat javobgar emas, iltimos eʼtiborli boʻling.



Report Page