Bank.

Bank.

@businessmotivationuz


Bank 

(lotinchaansa — sarrof peshtaxtasi)  — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.



Vazifasi va turlari:

Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.

Markaziy bank

Markaziy bank („banklarning banki“) (Milliy bank va AQShda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.

Tijorat banki:

Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi.


Mulk shakliga koʻra turlari:

Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.

Tarixi:

Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.

Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.

Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, fonda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.

Ma'lumotlar Vikipediya saytidan olindi.

https://t.me/joinchat/AAAAAFaF4IVgeGpt9apOUg


Report Page