Avto

Avto

Азизбек_Фахриддинов_01

UzAuto Motors zavodi 2020-yilning o‘tgan 7 oyi davomida necha dona yengil avtomobil ishlab chiqarganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod tomonidan yanvar—iyul oylari davomida 168 712 dona yengil mashina ishlab chiqargan. Bu 2019-yilning mos davri (146 706 dona) bilan taqqoslaganda 15 foizga ko‘p demak.


Avvalroq O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 35 050 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz), 37 682 dona Cobalt (154,2 foiz), 26 047 dona Lacetti-Gentra (133,0 foiz), 26 687 dona Damas (115,8 foiz), 14 511 dona Spark (160,4 foiz) hamda 3 478 dona Labo (90,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni “narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohlagan.


Report Page