Avto

Avto

Азизбек_Фахриддинов_01

Geared Online auksionida 54 yoshli Ferrari 275 GTB Long Nose (“uzun burun”) sotuvga qo‘yildi. Yakuniy natija kutilganidan ham o‘tib tushdi: avtomobil 3,08 million dollarga sotilgan bo‘lib, u onlayn savdolar orqali o‘zining yangi egasini topgan eng qimmat modelga aylandi, deb xabar beradi Motor

Avtomobil narxining bu qadar qimmatligi uning ajoyib holatda saqlangani bilan bog‘lanmoqda. Ferrari 275 GTB 1966-yilda ishlab chiqarilganidan buyon 81 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, bu davr ichida bir necha bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. Rekord darajadagi nusxa orginal Bianco oq rangiga bo‘yalgan, saloni charm bilan qoplangan. Markaziy konsoldan Blaupunkt radiosi va Jaeger xronografi o‘rin olgan.

Ferrari 275 GTB bunga qadar onlayn savdolarda 2003-yilgi Ferrari Enzo tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan — shu yilning iyunida Enzo RM Sotheby’s internet-auksioni orqali 2,64 million dollarga sotilgan edi.

Report Page