Avstriya

Avstriya

Sadriddin Ro'ziyev

Poytaxt Vena
Rasmiy til(lar) nemis
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident Alexander Van der Bellen
• Kansler Sebastian Kurz
Mustaqillik
Maydon
• Butun 83,871 (112-)
• Suv (%) 1,7
Aholi
• 2012 roʻyxat 8 460 390 (92- oʻrin)
• Zichlik 100,2/
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (+1)
• Yoz () (+2)
Telefon prefiksi +43


Avstriya, Avstriya Respublikasi (nem. , MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 8 460 390 kishi (2012). Poytaxti – Vena shahri.

Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda o‘zgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya – federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshlig‘i – federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini o‘lkalar parlamentlari (landtaglar) oʻz vakolatlari muddatiga (4 – 6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o‘lkaning o‘z konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O‘lkalarning huquqlari cheklangan.

Hududiy boʻlinishi
Avstriya hududi 9 federal yerlarga boʻlinadi: (Burgenland, Karintiya, Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg, Vena).


Tabiati
Avstriya – asosan tog‘li mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp togʻlari – Yuqori Tauern (balandligi 3797 m, Grosglokner cho‘qqisi) va Quyi Tauern; shimoliy qismi – past-baland tekisliklardan iborat bo‘lib, chekka shimoli-sharqda u O‘rta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qo‘ng‘ir kumir, temir va qo‘rg‘oshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud.

Iqlimi
Iqlimi moʻtadil. Yanvarning o‘rtacha harorati – 1, – 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500–900 mm, tog‘larda 2000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryosi – Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar).

Ichki suvlari
Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Ko‘llar ko‘p, ularning aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan. Chimli-podzol va qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlar, janubi-sharqda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir, tog‘-o‘tloq, tog‘-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40 % ga yaqini o‘rmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda tog‘ o‘tloqlari boshlanadi.

Aholisi
Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining o‘rtacha zichligi – 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.

Tarixi
Hozirgi Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya g‘arbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) ko‘chib kelib o‘rnashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat bo‘lingandan keyin (843-yil), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-yildan boshlab Avstriya „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibidagi gersoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qo‘shib oldilar. Ayniqsa 1282-yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gab-sburglar Chexiya, Sileziya, G‘arbiy Vengriyani va janubiy slavyan yerlarining bir qismini qo‘lga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga o‘tdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi bo‘ldi. 1804-yildan Avstriya – imperiya. Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi o‘lkalarida burjuademokratik inqilobi sodir bo‘ldi. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi magʻlubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yo‘qolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qo‘sh) monarxiya – Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi bo‘lib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua-demokratik inqilobining g‘alabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga bo‘linib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb eʼlon qilindi. 1919-yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929–33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigʻilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-yilda qo‘zg‘olon ko‘targan xalq (Vena, Lins va boshqa shaharlar) uch kun mobaynida fashist to‘dalarga va hukumat qo‘shinlariga qurolli qarshilik ko‘rsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qo‘shib oldi. 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945–55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qo‘shinlari turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash to‘g‘risida Davlat shartnomasi tuzildi. O‘sha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya – BMT aʼzosi. 1992-yilda Avstriya bilan Oʻzbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi. Milliy bayrami: 26 oktyabr – betaraflik kuni (1955).


Xoʻjaligi
Avstriya – yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3 % sanoatda va 2,8 % qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xo‘jaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol o‘ynaydi. 113 Oʻgir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga ko‘p mahsulot chiqariladi.

Sanoati
Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan ko‘mir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xoʻjalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va shahrik.lar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yog‘ochsozlik, qog‘oz, yengil (to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari – Vena, Lins, Grats.

Qishloq xo‘jaligi
Qishloq xoʻjaligida intensiv chorvachilik yetakchi o‘rinda turadi. Fermalar ko‘p, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan tog‘li o‘lka bo‘lishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar, 28,8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, cho‘chqa, qo‘y, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: g‘alla–bug‘doy, arpa; texnika ekinlari – qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi o‘lkalari – Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

Transporti

Bombardier Talent
Temir yoʻllarning uzunligi – 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari – 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti – Vena.

Tashqi savdosi

Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yog‘och materiallar, grafit, azotli o‘g‘itlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq isteʼmol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo and the acquisition of Banca Comercială Română by Erste Group for 3.7 bil. EUR in 2005., yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining ko‘p qismi Germaniyaga to‘g‘ri keladi. Xorijiy sayyoxlik ko‘pgina daromad keltiradi. Pul birligi – Avstriya shillingi.

Report Page