Avstraliya😊

Avstraliya😊

We will Go abroad!
@Korea_Seoul_Uzbekistan

Melburn Universiteti: qanday kelib qoldim?

@Korea_Seoul_Uzbekistan



2016-yilning kirib kelish soniyalaridan boshlab har yil uchun eng katta rejalarimni 1 ta doc fayl qilib yozib qo’yadigan va tayinli “bulutga” tashlab qo’yishni odat qildim. Maqsad: keyingi yilgacha iloji boricha hammasini amalga oshirish. Oshmaganlarini yo kelasi yilga ko’chiraman yoki aktual bo’lmasa, o’chirib tashlayman. Xullas, 2016-yil uchun maqsad 1 ta yaxshi o’qishni topib o’shanda dasturlash bo’yicha o’qishni boshlash edi.


O’qish uchun nufuzli AQSh va Yevropa oliygohlarida magistraturada o’qish talabi bakalavr bosqichidagi sohasi dasturlash yoki shunga yaqin yo’nalish bo’lishi deyilgan. Menda esa “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (nomini ulug’ligini qara, Eshmat). O’shanday paytda Avstraliyada o’qish taklifini Jobir akam berib qoldilar (Sidneyda yashaydigan qarindoshim). Ko’plab kuzatishlarim va ma’lumotlarga asoslanib, Avstraliya o’qish, ishlash va yashash uchun juda yaxshi davlat ekanlgiga ishonch hosil qildim. Bunga quyidagi sabablar asos bo’ldi:


Avstraliya eng tinch va rivojlangan mamlakatlardan biri — yangiliklardan Avstraliyada terroristik akt bo’ldi kabi xabarni eshitganmisiz?Havosi iliq va yomg’irli (Kanada masalan ancha sovuq, Talaba uchun ham rasmiy ishlash huquqi bor (haftasiga 20 soat)Dasturchilar uchun o’qishni bitirgach doimiy rezidentlikni olish ancha oson va bu reyting sistemasiga asoslanadi, AQShdagi kabi lotereya sistemasiga emas.Aholining turmush darajasi butun dunyo davlatlari bo’yicha Norvegiyadan keyin 2-o’rinda.Biznes qilish ancha oson.O’simlik va hayvonot olami o’ziga xos. Lekin bu degani ertalab eshikni ochsangiz timsoh og’zini ochib turgan bo’ladi, unitazni teshigidan ulkan zaharli ilon chiqib keladi yoki yo’lda ketayotsangiz kenguru yo’lda yotvolib quyoshda toblanadi deganimas. Sidneyda 1 oy, Melburnda 2 hafta yashab biror marta yirtqich yoki sudraluvchi hayvonni uchratmadim (zooparkda ko’rganim mustasno).


O’qisam yaxshisiga o’qiy deb Avstraliyadagi eng yaxshi universitetlar ro’yxatini topdim:


Melburn universiteti (University of Melbourne, UniMelb)Avstraliya milliy universiteti (Australian National University, ANU)


….


Bu universitetlar dunyo bo’yichayam kuchli 50 talikdan joy egallaganligi (33 va 47-o’rinlarda) ularning jiddiy o’qishligini ko’rsatib turibdi. Ularning saytini kuzatib har ikkalasidayam mendek sohasini almashtirayotganlar uchun magistratura borligni ko’rib quvonib ketdim. Melburn universitetida hatto 25% yoki 50% lik grant yutish imkoniyati ham bor ekan. Bilmaganlar uchun: chet elda o’qish 100% kontrakt asosida va o’qish stipendiya bermaydi. Grantni alohida yo universitetdan yoki boshqa tashkilotdan yutasiz. keyin o’qishga topshirish pullik. Meni holatimda bu 100 Avstraliya dollari edi. Texnika sohasi bo’lganligi uchun IELTS va TOEFL talablari unchalik yuqori emasdi (6,5 va 80). O’sha paytda faqat TOEFL sertifikatim va IELTS’ga ro’yxatdan o’tgandim. Bu taxminan 10-fevrallarda bo’ldi.


May oyining boshlarida birin ketin har ikkala o’qishdanam qabul qilinganligim haqida xabarni oldim. Lekin ochig’ini aytaman, kontrakt ikkalasidayam anchagina qimmat edi (~80 000 AUD). UniMelb’dan grantsiz o’qishga sharoitim yo’q deb xat yozvordim. Ruslarda “bezbetlik ikkinchi baxt” degan gap borku, 2 oy o’tib iyun oyining oxirida 25%lik grant kelib turibdi. Aytmoqchi bu orada AQSh’ning Maharishi universitetigayam topshirgandim. Lekin har ikkalasining darajasi yer bilan osmoncha farq qilishi, bu yerda qarindoshlarim borligi hisobiga UniMelb’ni tanladim. Endi keyingi muammo: 28-iyunda o’qishdan hammasi hal, lekin bu yerda na OVIR bor, na Avstraliyaning vizasi (surishtirsam 1 oylarda chiqarkan). Qishgi semestr esa 20-iyuldan boshlanarkan (fasllar O’zbekistonniki bilan teskari ekanligini unutmang). Universitet qabul xodimlari bilan bir necha martalik xatlashuvlar grantim bilan qo’shib qabulni yarim yilga kechiktirib berishdi. Bu safar o’qish 2017-yil 20-fevraldan boshlanadigan bo’ldi.


Orada hujjatlarni taxladim, bunda (  Edu-action ) agentligi bilan birga ishladim. Fursatdan foydalanib ularning yaqindan yordamlari uchun yana bir bor o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularning viza olishimdagi ko’maklari tufayli o’z vaqtida ortiqcha intervyularsiz chiqib keldi. Ma’lumot uchun, Avstraliyaning O’zbekistonda elchixonasi yoki konsulligi yo’q, Moskvadagi elchixona Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlaydi. Yaxshi tomoni, Moskvaga borishingiz yoki hujjatlaringizni posilka qilib jo’natishingiz shartmas, hammasi elektron shaklda, hatto vizaning o’ziyam.

ℹmalumot uchun: Edu Action

Shu bilan o’qishdan 1 oycha avval Sidneyga kelib, bu yerda ozgina mehnat qildim, ham dam oldim, ham “havosiga” moslashdim. Sidneydalik paytimda Melburndagi veb-dasturlash bo’yicha vakansiyalarni internetdan topib ularga rezyumeyimni jo’natib, bittasidan hatto intervyuga taklifniyam qo’lga kiritgandim. Keliboq intervyuga bordim va 2 kun o’tib ishni boshladim. Hozir o’qishning 1-haftasi tugadi. Yangi haftadan laboratoriyalar ham boshlanadi. Aytgancha, o’qishimizda o’zimdan boshqa birorta o’zbekni uchratmadim. Qiziqqanlar topshiringlar, kelinglar, bu yerniyam choyxona palovlar bilan yashnataylik).


Biz bilan bog'lanish uchun..........


We will Go Abroad!.......

Report Page