AVITAMINOZ

AVITAMINOZ

Azalshoh Safarov @shifokor_maslahati_01

Avitaminoz

– bu kishi tanasida vitamin yetishmovchiligidir. Ba'zi holatlarda poliavitaminoz kuzatiladi, bunda inson tanasida birdan ortiq vitaminlarning yetishmovchiligi kuzatiladi. Bolalarda avitaminoz shamollash va allergik kasalliklardan so'ng kuzatiladi.

SABABLARI:

Kasallik uzoq muddat nosog'lom ovqatlanish tufayli yuzaga chiqishi mumkin. - qish faslida vitaminlar tanqisligi; - noto'g'ri va to'liq bo'lmagan ovqatlanish ratsioni; - Ba'zi dori vositalarini uzoq muddat qabul qilish (ovqat hazm qilishni pasaytiruvchi preparatlar); - ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar; - Moddalar almashinuvining bolalar va kattalarda buzilishi.

BELGILARI:

Avitaminoz belgilari quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin: - teri qoplamlarining oqarishi; - teri quruqligi va sezuvchanligi; - sochlar qurishi; - sochlar mo'rtligi va sinuvchan bo'lishi; - lablar yorilishi; - tishlarni yuvganda qonashi; - tez shamollash va undan tuzalish vaqti uzayishi; - uyqu buzilishi; - oshqozon-ichak tizimidagi buzilishlar; - holsizlik, asabiylik; - surunkali kasalliklarni huruj qilishi (gerpes, zamburug'lar);

DIAGNOSTIKASI

Avitaminozni aniqlashda shifokor immunolog quyidagi tekshirishlarni o'tkazishi lozim: - bemor klinik ko'rigi; - umumiy va bioximik qon analizi; - Siydik tahlili.


DAVOLASH:

Quyidagilarni o'z ichiga oladi: - Vitaminlar bilan davolash (vena va mushaklar orasiga yuborish orqali); - To'laqonli ovqatlanishga rioya qilish; - Oshqozon-ichak kasalliklarini davolash.

PARHEZ:

Tanada yetishmayotgan vitamin saqlovchi mahsulotlar iste'moli. - Dukkakli, sitrusli, na'matak, qora smarodina, ko'katlar, oblepixa, olma, qulupnay, shavel, kartoshka, karam; - Katta bargli ko'katlar, tuxum, o'simlik yog'i, na'matak damlamasi (vitamin E); - Guruch, grechka, dukkaklilar, yong'oqlar, tuxum, non maxsulotlari, go'sht (vitamin B1); - Sabzavotlar, hamirturish, tuxum, yog', sut, baliq (vitamin B2); - Sut maxsulotlari, baliq, tuxum (vitamin D).

ASORATI

Avitaminoz o'z vaqtida aniqlanmasa, quyidagi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: - Sinka kasalligi (vitamin C yetishmovchiligi); - Raxit (vitamin D tanqisligi); - Pellagra (vitamin PP/Niatsin tanqisligi); - Beri-beri (vitamin B1 tanqisligi).

PROFILAKTIKA:

Oldini olish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: - vitaminlarga boy oziq moddalarini qabul qilish; - Bahor va kuz faslida vitamin qo'shimchalarni qabul qilish; - To'laqonli ovqatlanish ratsioniga amal qilish; - Ovqatlarni to'g'ri usulda tayyorlash va saqlash.


Report Page