Avgust

Avgust

Моҳидил Ғофурова

​​​​Bugun 1-avgust!


Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi. 


Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi. 


Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi. 


Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi. 


- Ha, qayoqqa ketyapsan? 

- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.

- O‘qish-chi? 

- O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz. 😂😂


Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂


Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi. 


Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi. 


Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi. 


Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi. 


To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi. 


Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin. 😂

Ⓜ️ Tentakminds


Report Page