Australia

Australia

iTravelAgency


@iTravelagency

πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»πŸ‘‡πŸ»

@iTravelagency

πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»πŸ‘†πŸ»

@iTravelagency

Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan koβ€˜chib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar boβ€˜lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil etadi (qarang Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz oβ€˜zbek bor. Rasmiy tili – ingliz tili. Aholining oβ€˜rtacha zichligi – 1Β kmΒ² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materikning sharqiy va janubi-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining – 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

SANOATI

@iTravelagency

Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari – kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994–95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi – Gβ€˜arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Janubiy Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shimoliy hudud)dan qazib olinadi. 1994–95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshkoβ€˜mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral oβ€˜gβ€˜itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994–95 yil 6,2 mln. t poβ€˜lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati koβ€˜proq eksportga (goβ€˜sht, un, qand-shakar, sariyogβ€˜-pishloq, pivo, vino) moslangan. Toβ€˜qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong – Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan


T.me//itravelagency

Report Page