Astrologiya

Astrologiya

Mr.Skeptik


Zamonaviy ilm-fan nuqtai nazaridan, munajjimlik bu soxta-ilmiy ta'limot va folbinlikning bir turi. Ammo shuni aytib o'tish joizki , astrologiya fan rivojlanishining ma'lum bir bosqichida astronomiya, matematika, meteorologiya va boshqa ilmiy sohalar rivojiga katta hissa qo'shgan.


 Ilm-fan taraqqiy etgani bilan ilmiy hamjamiyatda astrologiyaning yolg'onligi qayta va qayta tasdiqlandi. Astrologiyaning soxta ilm-fan ekanligi haqidagi qarash, astrologiya metodologiyasining zamonaviy ilmiy metodologiyaga mos kelmasligiga asoslanadi. Astrologlar ko'pincha psixologiyada ishlab chiqilgan professional terminologiyadan foydalanadilar. Bundan tashqari, munajjimlar fanda to'liq o'rganilmagan muammolar haqida mish-mishlar tarqatishda va ilmiy kashfiyotlarni o'z foydalariga talqin qilishda ayblanishgan.


 Zamonaviy fanning munajjimlik to'g'risidagi qarashlari


 Tanqid

 Madomiki, Qadimdan astrologiya turli fanlarga ( biologiya , arxeologiya va xk.) nisbatan ishlatiladigan yunoncha "logos" so'zini o'z ichiga olgani sababli, zamonaviy olimlar , tez-tez , astrologiyaga bu nom faqat urf-odatlarga hurmat ko'rsatish maqsadida berilganligini tushuntirishlariga to'g'ri keladi.


1975 yilda dunyoning 186 etakchi olimlari, shu jumladan 18 Nobel mukofoti sovrindorlari ham, "Astrologiyaga raddiya" nomli bayonot chop etishadi, unda ular OAV(Ommaviy axborot vositalar) astrologiya va shunga o'xshash boshqa soxta-ilmiy talimotlarga o'z sahifalaridan joy taqdim etayotganlaridan xavotirda ekanliklarini bildiradilar. AQSH Milliy Ilmiy Fondi (MIF) astrologiyani amerikaliklar orasida eng keng tarqalgan soxta-ilmiy adashishlardan biri sifatida tasniflaydi.


Qo'llab-quvvatlash.

Bir qator soxta ilmiy nazariyalar mualliflari va tarafdorlari astrologiyani qo'llab-quvvatladilar va uning dunyo amaliyotida muvaffaqiyatli qo'llanilishiga misollar borligini takidlashadi

Astrolog, «Professional Astrologlar Ittifoqi»ning asoschilaridan biri, turli xil ijtimoiy akademiyalar a'zosi , K. Velichko munajjimlik din va fanlar o'rtasida (tabiiy va gumanitar) oraliq mavqega ega deb hisoblaydi va barcha astrologik ta'kidlar amaliy tajribalar bilan ishonchli tasdiqlanishi kerak degan fikrni bildiradi.


 2000 yilda Universitet Grantlari Komissiyasi va Hindistonning Inson Resurslarini Rivojlantirish Vazirligi, «Vedik munajjimlik» (jyotir vijñana IAST) kursini Hindiston universitetlarida joriy etishgan va Vedik munajjimlik darslari bilan shug'ullanish uchun bo'limlar ochilgan taqdirda 1,5 million rupiy miqdorida grant ajratishi haqidagi taklifni turli universitetlatga jo'natadi. Taklifga 35ta Universitet javob beradi. Soxta-ilmga bu tarzda ilmiy maqom berishga urinish Hindiston ilmiy jamoatchiligining keskin qarshiligiga sabab bo'ladi. Hindistondagi bir qator tadqiqotlar hind munajjimlarining bashoratlari samarasizligini ko'rsatdi.Shunga qaramay, hozirgi kunda Hindistondagi bir qator universitetlarda jyotish(hinduizm munajjimi) ilmiy unvoni mavjud.


Tekshirishga urinishlar


 Umumiy natijalar

 Astrologik takidlarning rostligini isbotlaydigan biron bir tajriba muvaffaqiyatli bo'lmadi. Insonning tug'ilish paytidagi samoviy jismlarning joylashuvi bilan uning shaxsiyatining turli xususiyatlari yoki hayotdagi voqealar o'rtasida ishonchli statistik aloqani topishga qaratilgan barcha urunishlar muvaffaqiyatsizlikga yuz tutdi. Astrologlar o'z bashoratlarida har qanday tasodifiy bashoratdan sezilarli darajada farq qiladigan natijalarni ko'rsatmadilar. Ular orasidagi g'ayritabiiy kuchga ega ekanliklarini da'vo qiladiganlari (ekstrasenslar) esa, oddiy odamdan yaxshiroq bashorat qilolmadilar.


Goklenning tadqiqotlari

 Astrologiyaning ishonchliligi bo'yicha ijobiy natija bergandek tuyuladigan bir qancha statistik tadqiqotlar mavjud. Bulardan eng mashhuri Mishel Goklenning ishlari bo'lib, ularning birida u ko'plab odamlarning tug'ilish vaqtlarini egallagan kasblari bilan taqqoslagan. U astrologiyani rad qilsa ham, osmon jismlarining inson taqdiriga ta'sirini o'rganadi. Masalan, uning Mars effekti deb nomlangan tadqiqotida, muaffaqqiyatli sportchilarning koʻp qismi Mars sayyorasining ma'lum bir joylashuvida tugʻilganini ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqotlar turli xil mutaxassislar nazorati ostida bir necha bor takrorlangan va shunga o'xshash natijalar bergan.Ammo ilmiy jamoatchilik, natijalar statistik ahamiyatga ega emasligi va tahlil paytida Goklen aynan o'z gipotezasini tasdiqlovchi odamlarni tanlab olib tizimli xatoga yo'l qo'yganini takidladi.


Forer eksperimenti

Astrologlar tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlarning qanday qilib odamlarni o'ziga ishontira olishini zamonaviy fan ko'pincha Forer eksperimenti(Barnum effekti) yordamida ko'rsatib beradi. 1948-yilda amerikalik psixolog Bertram Forer psixologik eksperiment o'tkazdi:u talabalariga ularning shaxs analizini taqdim etish uchun, avval shaxs testini yechishlarini so'radi. Keyin esa u haqiqiy analizning o'rniga, hammalariga munajjimlar bashoratidan olingan va barchasi so'zma-so'z bir xil boʻlgan matnni tarqatdi. Undan keyin u har bir talabadan matndagi ta'rif haqiqat bilan qanchalar mos kelishini 5 ballik baholash sistemasi bo'yicha baholashlarini so'radi. O'rtacha baho esa 4,26 ballga teng bo'ldi.

Bundan keyingilarida ham eksperiment huddi shunday natija bilan qaytarilgan edi. Bundan ko'rinadiki, aksariyat hollarda insonlar individual tarzda aynan ular uchun yaratilgan deb o'ylagan bunday ta'riflarning aniqlik darajasini o'ta yuqori baholashar ekan. Garchand, ular aslida boshqa ko'plab odamlarga ham qo'llash maqsadida muayyanlikga ega bo'lmagan va umumlashtirilgan bo'lsada. Talabalarning baholashdagi aniqligiga shu jumladan o'qituvchining avtoriteti ham ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.


Ushbu effekt yordamida olimlar munajjimlar bashorati, xiromantiya(kaftdan fol ochish) va boshqa fanga zid bo'lgan sohalarning haligacha keng va ommabop ekanini tushuntirishadi.


Astrologik egizaklar

Astrologiyaning yolg'onligi haqida eng ishonarli isbotlardan biri 1958-yilda ingliz olimlari tomonidan boshlangan va bugungi kungacha davom etib kelayotgan tajriba hisoblanadi. Olimlar 2000 dan ziyod, o'rtacha 4,8 soniya farq bilan tug'ilgan odamlarni ( ular "vaqt bo'yicha egizaklar", "astrologik egizaklar" deb ham ataladi) o'rganishar va keyinchalik ularning undan keyingi taqdirini kuzatishardi. Astrologiyaga ko'ra, bunday odamlar kasbida, aqlida, odatlarida va h.k. bir-birlariga yaqin bo'lishlari kerak edi. Sog'likning holati, nima bilan shug'ullanishlari, oilaviy sharoitlari,intellekt darajasi; musiqaga, san'atga, sportga, matematikaga, tillarga bo'lgan qobiliyati va hokazo. Hammasi bo'lib yuzdan ortiq parametrlar inobatga olingan edi. Lekin, "astrologik egizlaklar" orasida hech qanday o'xshashlik topilmadi. Ular boshqa, har xil vaqtda, istalgan boshqa burj belgilari ostida tug'ilgan insonlar kabi bir-birlaridan farq qilishlari ayon bo'ldi.


Astrologiya haqida yana ham kengroq malumot bu yerda:

http://www.orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=695:munajjimlar-bashorati-haqida&catid=72:asronomiya&Itemid=53/


Mr.Skeptik ©

Report Page