Astrologiya

Astrologiya

Mr.Skeptik

Zamonaviy ilm-fan nuqtai nazaridan, munajjimlik - bu soxta-ilmiy talimot va folbinlikning bir turi. Ammo shuni aytib o'tish joizki , astrologiya fan rivojlanishining malum bir bosqichida astronomiya, matematika, meteorologiya va boshqa ilmiy sohalar rivojiga katta hissa qo'shgan.


 Ilm-fan taraqqiy etgani bilan ilmiy hamjamiyatda astrologiyaning yolg'onligi qayta va qayta tasdiqlandi. Astrologiyaning soxta ilm-fan ekanligi haqidagi qarash astrologiy metodologiyasining zamonaviy ilmiy metodologiyaga mos kelmasligiga asoslanadi. Astrologiyaga xurofot, soxta fan va folbinlikning bir turi sifatida qaraladi. Astrologlar ko'pincha psixologiyada ishlab chiqilgan professional terminologiyadan foydalanadilar. Bundan tashqari, munajjimlar fanda to'liq o'rganilmagan muammolar haqida mish-mishlar tarqatishda va ilmiy kashfiyotlar o'z foydalariga talqin qilishda ayblanishgan.


 Zamonaviy fanning munajjimlik to'g'risidagi qarashlari


 Tanqid

 Madomiki, Qadimdan astrologiya turli fanlarga ( biologiya , arxeologiya va xk.) nisbatan ishlatiladigan yunoncha "logos" so'zini o'z ichiga olgani sababli, zamonaviy olimlar , tez-tez , astrologiyaga bu nom faqat urf-odatlarga hurmat ko'rsatish maqsadida berilganligini tushuntirishlariga to'g'ri keladi.


1975 yilda dunyoning 186 etakchi olimlari, shu jumladan 18 Nobel mukofoti sovrindorlari ham, "Astrologiyaga raddiya" nomli bayonot chop etishadi, unda ular OAV(Ommaviy axborot vositalar) astrologiya va shunga o'xshash boshqa soxta-ilmiy talimotlarga o'z sahifalarida joy taqdim etayotganlaridan xavotirda ekanliklarini bildiradilar.AQSH Milliy Ilmiy Fondi (MIF) astrologiyani amerikaliklar orasida eng keng tarqalgan soxta-ilmiy adashishlardan biri sifatida tasniflaydi.


Qo'llab-quvvatlash.

Bir qator soxta-ilmiy nazariyalar mualliflari va tarafdorlari astrologiyani qo'llab-quvvatladilar va uning dunyo amaliyotida muvaffaqiyatli qo'llanilishiga misollar borligini takidlashadi

Astrolog, «Professional Astrologlar Ittifoqi»ning asoschilaridan biri, turli xil ijtimoiy akademiyalar a'zosi , K. Velichko munajjimlik din va fanlar o'rtasida (tabiiy va gumanitar) oraliq mavqega ega deb hisoblaydi va barcha astrolojik takidlar amaliy tajribalar bilan ishonchli tasdiqlanishi kerak degan fikrni bildiradi.


 2000 yilda Universitet Grantlari Komissiyasi va Hindistonning Inson Resurslarini Rivojlantirish Vazirligi «Vedik munajjimlik» (jyotir vijñana IAST) kursini Hindiston universitetlarida joriy etishga qaror qilgan va Vedik munajjimlik darslari bilan shug'ullanish uchun bo'limlar ochilgan taqdirda 1,5 million rupiy miqdorida grant ajratishi haqidagi taklifni turli universitetlatga jo'natadi. Taklifga 35ta Universitet javob berdi. Soxta-ilmga bu tarzda ilmiy maqom berishga urinish Hindiston ilmiy jamoatchiligining keskin qarshiligiga sabab bo'ladi. Hindistondagi bir qator tadqiqotlar hind munajjimlarining bashoratlari samarasizligini ko'rsatdi.Shunga qaramay, hozirgi kunda Hindistondagi bir qator universitetlarda jyotish (hinduizm munajjimi) bo'yicha kurslar va ilmiy unvonlar mavjud.


Tekshirishga urinishlar


Umumiy natijalar

 Astrologik takidlarning rostligini isbotlaydigan biron bir tajriba muvaffaqiyatli bo'lmadi. Insonning tug'ilish paytidagi samoviy jismlarning joylashuvi bilan uning shaxsiyatining turli xususiyatlari yoki hayotdagi voqealar o'rtasida ishonchli statistik aloqani topishga qaratilgan barcha urunishlar ijobiy natija bermadi. Astrologlar o'z bashoratlarida har qanday tasodifiy bashoratdan sezilarli darajada farq qiladigan natijalarni ko'rsatmadilar. Ular orasidagi g'ayritabiiy kuchga ega ekanliklarini da'vo qiladiganlari (ekstrasenslar) esa, oddiy odamdan yaxshiroq bashorat qilolmadilar.


Mars effekti

 Astrologiyaning ishonchliligi bo'yicha ijobiy natija bergandek tuyuladigan bir qancha statistik tadqiqotlar mavjud.Bulardan eng mashhuri Mishel Goklenning ishi bo'lib, u ko'plab odamlarning tug'ilish vaqtlarini kasblari bilan taqqoslagan. Ushbu tadqiqotlar natijalari birdek aniq emas. Goklenning tadqiqotlari astrologiyaning ko'plab asosiy tamoyillarini, xususan munajjimlar bashoratini rad etdi. Shu bilan birga, uning boshqa bir qator tadqiqotlarida odamning tug'ilishi va uning taqdiri o'rtasida bog'liqlik borligini ko'rsatuvchi ba'zi statistik qonuniyatlar kuzatildi (Mars effektiga qarang). Ushbu tadqiqotlar turli xil mutaxassislar nazorati ostida bir necha bor takrorlangan va shunga o'xshash natijalar bergan, ammo ilmiy jamoatchilik, natijalar statistik ahamiyatga ega emasligi va tahlil paytida Goklen aynan o'z gipotezasini tasdiqlovchi odamlarni tanlab olib tizimli xatoga yo'l qo'yganini takidladi.


Forer eksperimenti

Astrologlar tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlarning ishonchliligining tanqidini zamonaviy fan ko'pincha Forer kesperimenti yordamida dastaklaydi(Barnum effektini qarang).1948-yilda amerikalik psixolog Bertram Forer psixologik ekperiment o'tkazdi:u talabalariga ulaning shaxs analizini taqdim etish uchun,avval shaxs testini tarqatdi.Ammo u haqiqay analizning o'rniga,hammalariga munajjimlar bashoratidan olingan bir xil, aniqlikga ega bo'lmagan matnni tarqatdi.Undan keyin u har bir talabadan matndatgi ta'rif va ularning haqiqat bilan qanchalar mos kelishini 5 ballik baholash sistemasi bo'yicha baholashlarini so'radi.O'rtacha baho 4,26 ballga teng bo'ldi.Talabalarning baholashdagi aniqligiga shu jumladan o'qituvchining avtoriteti ta'sir qilgan edi.


Bundan keyingilarida ham eksperiment huddi shunday natija bilan qaytarilgan edi.Bundan ko'rindiki,aksariyat hollarda insonlar indidvidual tarzda aynan ular uchun yaratilgan deb o'ylagan bunday ta'riflarning aniqlik darajasini o'ta yuqori baholashar ekan.Garchan ular aslida boshqa ko'plab odamlarga ham qo'llash maqsadida muayyanlikga ega bo'lmagan va umumlashtirilgan bo'lsa-da.Ushbu effekt yordamida olimlar munajjimlar bashorati,xiromantiya va boshqa fanga zid bo'lgan fenomenlarning keng ommabop ekanini tushuntirishadi.


Astrologik egizaklar


Astrologiyaning yolg'onligi haqida eng ishonarli isbotlardan biri 1958-yilda ingliz olimlari tomonidan boshlangan va bugungi kunimizgacha davom etib kelayotgan eksperiment hisoblanadi. Olimlar 2000 dan ziyod, o'rtacha 4,8 daqiqa farq bilan tug'ilgan("vaqt boʻyicha egizaklar"deb ataluvchi) egizaklarni o'rganishar va keyinchalik ularning undan keyingi taqdirini kuzatishdi. Astrologiyaga ko'ra, bunday odamlar kasbida,aqlida,odatlarida va h.k. bir-birlariga yaqin bo'lishlari kerak edi.Sog'likning holati,nima bilan shug'ullanishlari,oilaviy sharoitlari,intellekt darajasi; musiqaga,san'atga,sportga,matematikaga,tillarga bo'lgan qiziqishi va qobiliyati va hokazo.Hammasi bo'lib yuzdan ortiq parametrlar inobatga olingan edi. "Vaqtlik egizlaklar" orasida hech qanday o'xshashlik topilmagan edi.Ular boshqa, har xil vaqtda, istalgan boshqa burj belgilari ostida tug'ilgan insonlar kabi bir-birlaridan farq qilishlari ayon bo'ldi


Astrologiya haqida yana ham kengroq malumot bu yerda:

http://www.orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=695:munajjimlar-bashorati-haqida&catid=72:asronomiya&Itemid=53/


Report Page