Asos

Asos


Акмалжон:

Yapon olimlari son muskul to’qimasining asos hujayralarini chap yurak qorinchasi miokardiga ko’chirib o’tkazishdi. Asos hujayralar muskul to’qimasining yetishmayotgan massasini to’ldirishdan tashqari eski to’qimalarni “jonlantiruvchi” maxsus biologik faol modda ishlab chiqargan.

Tajribada ishtirok etgan bemorlarda yurak ishemik kasalligi aniqlangan bo’lib, bundan oldingi muolajalar kutilgan natijani berishmagan edi.

Operatsiyadan so’ng bemorlar hech qanday og’ir asoratlarni his etishmadi va aksincha, jismoniy mashq bajarish qobiliyatlari oldingidan oshdi.

Bu innovatsion metod hali ko’p izlanishlarga muhtoj. Lekin yurak ishemik, qandli diabet va gipertoniya kabi kasalliklarida boshqa metodlar foydasiz bo’lishi mumkin. Shhunday paytlarda yangi ochilgan uslub o’z samarasini beradi.

#tibbiyot #fantexnika

Report Page