Semizlikka qarshi parhezli qahva tayyorlash sirlari!!!

Semizlikka qarshi parhezli qahva tayyorlash sirlari!!!

Islomjon

Semizlikka qarshi qahvali parhezbop desert

 Masalliqlar:

200 millilitr sut 200 gramm yumshoq tvorog 1 choy qoshiq qahva 1 choy qoshiq kakao kukuni 10 gramm jelatin ta'bga qarab steviya

Qadam 1

Qozonchaga qahva va jelatinni solamiz. Ustidan sut quyib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2

Qozonchani past olovga qo'yib, jelatin erib ketguniga qadar aralashtirib turamiz.

Muhim! Aralashmani qaynatish kerak emas, aks holda u keyin o'z vazifasini bajarmay qoladi..

Qadam 3

Alohida idishga tvorog, kakao va steviyani solamiz (agarda siz parhezda bo'lmasangiz, unda oddiy shakardan foydalaning). Jelatinli aralashmani ham solib, venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4

Aralashmani qolipchalar yoki stakanlarga quyib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Tayyor desertni kakao va yalpiz yaproqchalari bilan bezatib, dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!



Report Page