SEVGIM YURAGIMDA

SEVGIM YURAGIMDA

‎ᴀʟʜᴀᴍᴅᴜʟɪʟʟᴀʜ🌙

"Buni taqdir deydilar..." 


Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi.

 - Salom, -dedi yigit.

 - ...

 - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. 

- Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. 

- Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. 

Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi:

 - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. 

- Sizchi?

 - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? 

- Yöq.

 - Bekor qilasiz. 

Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi.

- Afsus,- dedi qiz.

Yigit bölsa, kassadagi qizga

minnatdorchilik bildirdi:

- Rahmat sizga, iloji bölsa yana

qöshimcha 8 soat ushlab

turinglar ösha poyezdni.

Qiz yigitni kuzatib turarkan,

uning özini tutishidan hayron

qolardi. Qiz odamlar gavjum bölgan

kutish zalidagi örindiqlardan

biriga borib ötirdi. Biroz ötgach

yigit ham uning yoniga kelib

ötirdi.

- Mening ismim ... , bu shaharda

mehmonman. Sizchi?

- Men ham mehmonman,- javob

berdi qiz.

- Ismingizni aytmaysizmi?

- Zarurati yöq, ishonavering.

- Albatta... Ishonish yarim g'alaba

degani.

Qiz qöng'iroq qilish uchun

chetroqqa chiqdi. Qayergadir

qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat

bilan kuzatardi...

Qiz qaytib kelgach yigit undan

söradi:

- Uzr, ruchka topiladimi?

Qiz sumkasidan ruchka olib

yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan

ruchka bilan qöliga nimanidir

yozdi-yu qizga ruchkasini

qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz

örnidan qözg'aldi. Yigit:

- Sizni uyda kutishyapti,

shunaqami?

- Ha.

- Avtobusda 6 soatlik yöl.

Umuman olganda keyingi

poyezdni kutishning foydasi ham

yöq. Maylimi, sizga hamrohlik

qilsam? Faqat yöq demang.

- Nega endi yöq demasligim

kerak?

- Chunki, meni taqdirimga siz

bilan bitta avtobusda birga ketish

yozilgan bölishi kerak.

- Aytdimku, men taqdirga ishon...

Qiz oxirigacha gapirolmadi.

Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq

qizning ruchkasi bilan yozgan

yozuvni unga körsatgach

hayratdan gapirishdan ham

töxtab qoldi. Yigitning qöliga

bejirimgina harflarda qizning

ismi yozilgandi. Qiz örnidan

qözg'alib, allaqachon chiqish

eshigi tomon yönalgan yigitdan

söradi:

- Qayerdan topdingiz?

Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini

avval köksiga, keyin peshonasiga

olib bordi-yu kulib javob berdi:

- Buni taqdir deydilar...


* * *


Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi:

- Tug'ilgan kuniz bilan!

Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi

- Q...Qayerdan bildiz?

- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit.

- Jiddiy so'radim.

- Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim.

- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.

Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi.

Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga... 


Davomi 👇

Report Page