Argentina

Argentina

Sadriddin Ro'ziyev

Argentina Respublikasi

Poytaxt Buenos Ayres
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident Cristina Fernández de Kirchner
Mustaqillik Ispaniyadan
• Sana 9 iyul 1816
Maydon
• Butun 2,766,890 (8-)
• Suv (%) 1.57
Aholi
• 2002 roʻyxat 39,537,943 (31- oʻrin)
Pul birligi Argentine Peso (ARS)
Vaqt Mintaqasi (–3)
Telefon prefiksi +54

Tabiati
Argentinaning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mamlakatning butun shimoli-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), janubi-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ketadi. Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi – tropik va subtropik, janubida – mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanvar)ning o‘rtacha harorati shimolida 28°, janubida 10°, iyulning o‘rtacha harorati shimolida 18° va janubida G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shimoli-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). Argentina hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada –yarim cho‘l. Argentinaning milliy bog‘lari – Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqalar.

Xoʻjaligi
Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina, sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 yilda qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.

Tarixi
Qadim zamonlarda Argentina hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shimoli-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metallar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shimoli-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukanlar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-asrning 1-yarmidahoz. Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 – 11 yillar). 1776 yilda hozirgi Argentina hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. Argentinada katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 – 26 yillardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 – 16 yillarda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. 19-asr mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-asr oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 – 20-asrlar bo‘sag‘asida Argentinada sanoat rivoj-landi. 19-asrning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Argentina betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashistlarga ko‘maklashdi. 1945 yil martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan Argentina– BMT a’zosi. 1943 yilgi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 – 55 va 1973 – 74 yillarda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 yil) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 yil 9 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.

Sanoati
Argentina asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq – oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Sement, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xoʻjaligi
Argentina chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentinaning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar – 51 mln., qo‘ylar – 29 mln., cho‘chqalar – 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i – g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan – kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini – beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti
Argentina lar uzunligi – salkam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari – 211,4 ming km. Asosiy porti – Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti – Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi – peso.

Report Page