Arduino

Arduino

Umidjon Kenjayev

Arduino haqida dastlabki tushunchalar.

Arduino Uno R3


Arduino — elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat.

Arduino IDE ishchi oynasi.

Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni boshlaganda ham aynan shu kontrollerdan boshlash maslahat beriladi. Endi esa, Arduino UNO mikro kontrollerining tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqsak:

Arduino UNO

Power(1).Arduino UNOga quvvat USB portini shaxsiy komputer yoki noutbukingizga ulash orqali beriladi. Uni komputeringizga ulovchi USB simisiz ham ishlatishingiz mumkin. Buning uchun maxsus batareya orqali ishlatishingiz mumkin(2). Bunday batareyalar odatda 9V kuchlanishga ega bo’ladi.

GND(3): Ground so’zining qisqartmasi. Bu pinni siz barcha proyektingizdada ishlatasiz.

5V(4) & 3,3V(4): Bular mos ravishda 5V va 3,3V lik quvvatni ta’minlovchi pinlar hisobladi.

Analog(6): Anolog pinlar (A0,…A5). Bu pinlar yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Masalan harorat datchigidan.

Digital(7/8): Bu pinlardan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Masal kichim svetodioddan.

Keling Arduino UNOda birinchi qilinadigan kichik proyekt hisoblanmish svetodiodni yoqib ko’ramiz. Demak buning uchun bizga: Arduino UNO , LED(svetodiod) va 220 om rezistor kerak bo’ladi.

Sxemani quyidagi ko’rinishda yig’amiz:

Va Arduino IDE dasturlash muhitida quyidagi kodni yozish orqali biz LEDni 1 sekund yonib 1 sekund o’chish holatini takrorlanishiga erishamiz:


RoboticsArduino


Report Page