Aprel

Aprel


Aprel oyi edi o`shanda,

Yomg`irlar yog`a boshlagandi.

Taqdir bizlarni uchrashtirdi

Va hayotimiz baxtga to`ldirdi.

Taqdir qildimikin bir hazil?

Hazili hayotimga yomon ta’sir qildi.

Yorning ko`z yoshlarin ko`rib,

Alam battarroq qiynardi.

Eslab, eslab seni,

Asta unutmoqdaman.

Yurakda kuz yig`laydi,

Xazonga aylanmoqdaman.

Yig`lab, yig`lab meni

Unutib yubordingmi?

Men sen deb yosh to`kolmadim,

Lek unutib ham yuborolmadim.

Aprel oyi qoldi qalbimda,

Qalbimdagi shirin tarixda.

Hayotimdagi eng baxtli kun

G`oyib bo`ldi bamisli tutun.

Mehridaryo, vafoli yorim,

Yorim yosh to`ksa, og`riydi jonim.

Jonim, men uni sezib yuraman,

Alam yutar, bilib turaman.

Eslab, eslab seni,

Asta unutmoqdaman.

Yurakda kuz yig`laydi,

Xazonga aylanmoqdaman.

Yig`lab, yig`lab meni

Unutib yubordingmi?

Men sen deb yosh to`kolmadim,

Lek unutib ham yuborolmadim.

Aprel oyi edi o`shanda…

JOIN

Report Page