IOS 15'dagi muhim o'zgarishlar

IOS 15'dagi muhim o'zgarishlar

Apple_TorgUz

1.Blokirovka ekranidagi yangi parametlar tugmasi

Telefon blokirovka bo'lgan holatidagi habarnomalar sozlamalarida har bir ilova uchun alohida funksiyalar qo'shilgan.


2. Ovozli yordamchi, Siri'dagi o'zgarishlar

Ovozli yordamchi suhbatni davom ettirishi va oldingi savollarga javob berishda yanada mukammalroq bo'ldi.

Agar siz Internetdan biror fakt yoki ma'lumot so'rasangiz, keyin aniqroq savol bersangiz, bergan savolingiz obyektini qayta nomlashingiz shart emas.

Lekin baribir Siri bu ko'rsatkich bo'yicha Alisa va Yandeks ovozli yordamchilar kabi takomillashmagan, lekin Siri bo'yicha o'zgarishlar to'g'ri yo'nalishda davom etmoqda.

3.Pochta uchun kuchaytirilgan havfsizlik

iPhone'dagi standart elektron pochta mijozi xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy yangilandi. Quyidagi ketma-ketlikda yangi "переключатель" paydo bo'ldi: Sozlamalar - Pochta - Maxfiylikni himoya qilish.

Uni faollashtirgandan so'ng, yordamchi dastur yangi pochta yuklash va xabar yuborish paytida qurilmaning IP-manzilini yashiradi.

Bu elektron pochta mijozidan foydalanish paytingizda, ip manzilingizni firibgarlar tomonidan fosh etilishiga to'sqinlik qila oladi.

4.Yangi imkoniyatlarga to'la "Diktofon"

Standart Diktofon ilovasi yangi sozlamalar va foydali variantlar bilan boyitildi.

Endi siz yozuvni tinglayotganda, ijro etish tezligini o'zgartirishingiz mumkin. Avtomatik ravishda sukunatni o'tkazib yuboradigan opsiya ham qo'shilgan.

Eksport rejimida esa, siz bir vaqtning o'zida bir nechta yozuvlarni ulasha olasiz, ilgari siz fayllarni birma-bir yuborishingiz kerak edi.

5.Endi o'chirilgan iPhone qurilmasini ham topish mumkin


Endi yo'qotgan Apple qurilmangizni yoki mobil telefoningizni o'chirilgan holatida ham topishingiz mumkin bo'ladi.

Buning uchun esa, mobil telefon (yoki boshqa qurilmalar)ingiz sizning boshqa devayslaringizga ulangan bo'lishi zarur.

Gadjet aslida to'liq o'chmaydi, kam quvvat holatiga o'tadi va Bluetooth nuqtasini faollashtiradi.

Bu rejim smartfonni o'chirgandan so'ng ham doimiy ishlay oladi. Batareya quvvati tugagandan so'ng, bir necha soat qidiruv rejimida ushlab turishi mumkin. Agar yaqinda tarmoqqa kirish imkoniga ega bo'lgan boshqa Apple texnikasi bo'lsa, u xavfsiz protokol yordamida qurilmaning joylashuvini ko'rsatadi.

Smartfonni o'chirayotganingizda, siz tegishli ogohlantirishni ko'rasiz va sozlamani o'chirish uchun qulfni ochish parolini kiritishingiz kerak bo'ladi. (Rasmda ko'rsatilgan).

Bu xususiyat U1 chipli barcha iPhone modellarida ishlaydi. Bu iPhone 11, 11 Pro va undan yangi qurilmalar uchun degani. (iPhone SE'ning ikkinchi avlodi bundan mustasno).

6.Yomon ob-havo to'g'risida xabarnoma

IPhone'dagi standart ob-havo ilovasi, ob-havo sharoitining keskin o'zgarishi haqida bildirishnoma yuborishni o'rgandi.

Sozlamalarda siz joriy manzil yoki boshqa qo'shilgan shaharlar haqida bildirishnomalarni yoqib, o'chirishingiz mumkin.

Yuqorida siz uchun ios 15 versiyasidagi eng katta va muhim o'zgarishlarni keltirdik. Lekin bu opsiyalar 100% O'zbekiston hududida ishlaydi degani emas. Chunki, bu holat faqat bizda emas, balki Rossiya hududida ham ro'y bermoqda. Bu holat, ios'ning keyingi yangilanishlarida qo'shiladi degan umiddamiz.

Endi savol tug'iladi, ios 15'ni yuklaymi yoki yo'q? Bera oladigan javobimiz, biz biroz kutgan yahshi degan fikrdamiz. Odatda, yangi versiya chiqqanidan so'ng versiyada kichik muammolar yuzaga keladi va bu ko'p vaqt o'tmay, ios 15'ning keyingi yangilanishida bartaraf etilib, yanada mukammal va sizga muammo tug'dirmaydigan qilib chiqariladi. Ios 15'ni o'z mobil telefonida sinab ko'rishni istaganlar, bemalol yangi versiyani yuklab olishlari mumkin.

Biz faqat foydali habarni beramiz, qaror qabul qilish esa o'zingizdan.

Report Page