Anoreksiya

Anoreksiya


Anoreksiya – nerv-psixik buzilish, ozishga mukkasidan ketish. 16-24 yoshdagi qizlarda keng tarqalgan kasallik. Anoreksiya turlari: - Nevrotik – salbiy emotsiyalar ta`sirida yuzaga keladi; - Neyrodinamik - kuchli og`riq ta`sirida ishtaxa markazi faoliyati buziladi; - Nerv-psixik anoreksiya – psixik o`zgarishlar (depressiya), ovqatni rad etish bilan namoyon bo’ladi.

SABABLARI

- Nasliy moyillik; - Markaziy nerv tizimiga ta`sir etuvchi preparatlarni uzoq qabul qilish; - Sedativ va narkotiklarni ko`p qabul qilish; - Psixologik faktor (oiladagi janjallar, tashqi muhit ta`siri).

BELGILARI:

Xarakterli belgilar: - Ozishga kuchli niyat (normal vaznda ham); - Ovqat yemaslik; - Fatfobiya (ortiqcha vazndan qo’rqish); - Ovqat qabulidan so’ng diskomfort. - O`zini tutishda o`zgarishlar; - Ortiqcha jismoniy zo’riqish; - Keng kiyimlar kiyish; - O`z printsiplariga agressiv yondoshish; - Yolg`izlikka moyillik. Qo`shimcha: - Depressiya, apatiyaga moyillik; - Uyqu buzilishlari; - Umumiy holsizlik; - Bosh aylanish, xushdan ketish; - Ayollarda xayz buzilishi; - Qon aylanish buzilishi.

DIAGNOSTIKA:

- Qon tahlili; - Siydik tahlili; - Vazn o`lchash; - Arterial qon bosim nazorati; - Bemorning psixik holatini baholash.

DAVOLASH:

- Psixoterapiya; - Tana normal vazni, moddalar almashinuvini tiklash; - Suv-elektrolit, ion balansini tiklash.

ASORATLARI

- Xaddan tashqari vazn yo’qotish; - Gipotoniya; - Bradikardiya; - Teri qurishi; - Soch to’kilishi; - Ichki a`zolar distrofiyasi; - Mushak to’qima qurishi; - Amenoreya; - Yurak yetishmovchiligi.

HAVF GURUHI

- Endokrin sistema patologiyasi (gipotireoz); - Ovqat xazm qilish sistema kasalliklari (pankreatit, gastrit); - Surunkali buyrak yetishmovchilgi; - Xavfli o`smalar.

PROFILAKTIKA

- Parhez haqida suhbat; - Diyetolog bilan konsultatsiya.


Report Page