Andijon viloyati hokimligi bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark sovg‘a qildi

Andijon viloyati hokimligi bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark sovg‘a qildi

🌐OLTIARIQ_TV

(video)

Skrinshot: Telegram

Andijonlik terimchi ayol bir kunda 500 kilogramm paxta terib rekord o‘rnatdi. Ushbu rekord uchun Andijon viloyat hokimligi terimchi ayolga Spark avtomobilini sovg‘a qildi, deb xabar beradi “U24.uz”.

Shuningdek, paxta terimida faol qatnashayotgan terimchilarga viloyat hokimligi tomonidan muzlatgich, televizor kabi rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etilgan.


2019-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qaroriga ko‘ra:

  • mashinada terilgan 1 tonna paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;
  • qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda – 800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;
  • mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 million so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 million so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Report Page