Data analytics (ma'lumotlar tahlili)

Data analytics (ma'lumotlar tahlili)


@aba.abdurahimov

Data-driven yondashuvi bugungi kun biznesida katta trendga aylandi. Barcha katta-kichik bizneslarda data analytics (ma'lumotlar tahlili) vositalaridan foydalanilmoqda. Tahlil qilingan ma'lumotlar asosida qabul qilingan qarorlar bozorda raqobatbardosh bo'lishga yordam bermoqda. Shuningdek, foyda keltirmaydigan savdo va reklama tarmoqlaridan voz kechish imkonini bermoqda.

Quyida tahlillarning asosiy 4 ko'rinishi haqida batafsil ma'lumot beramiz.



Mahsulot tahlili mahsulot sifatini, uning iqtisodiy, marketing va foydalanuvchi xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan tahlillar kompleksi. Bunday ma'lumotlar reklama samaradorligini oshirish, mijozlarni yaxshiroq qoniqtirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning barcha bosqichlarida kompaniya byudjetini tejashga xizmat qiladi.

Mahsulot tahlili mijozning tovar bilan aloqa qilayotgandagi (undan foydalanayotgandagi) xatti-harakatlarini o'rganish natijasida kelib chiqadi.

Bunda olinadigan eng muhim ma'lumotlar:

▪️ Mahsulotdan qaysi vaqtda foydalanishadi;
▪️ Mahsulotning qaysi xususiyatlari mashxur;
▪️ Mahsulotdan foydalanish vaqtida mijozlar qanday muammolarga duch kelishadi.

Ushbu ma'lumotlar bilan kompaniya mijozlarni ushlab qolishga erisha oladi. Bu esa doim yangi mijozlar jalb qilishdan osonroq. Mijoz mahsulotni qanday qabul qilishi, undan qanday foyda olishi va u bilan qanday muammolarga duch kelishini o'rganib, mahsulotga tezda o'zgartirish kiritish, uning qimmatliligini oshirish mumkin.

Mahsulot tahlili uchun asosiy yordamchilar: Python, Google Analytics, Tableau, Amplitude, SQL, SimilarWeb, ClickHouse. Undan tashqari, vaziyatdan kelib chiqib, marketing va mobil tahlil vositalarini ham o'z ichiga olishi mumkin.

Manba: Unsplash




Marketing tahlilireklama samaradorligini oshirish maqsadida kompaniyani barcha marketing jabhalari bo'yicha o'rganish.

Marketing tahlilida reklama tarmoqlari (kanallari) va CRM (Customer Relationship Management)dan kerakli ma'lumotlar to'planadi, reklamani baholash metrikalari o'rnatiladi.

Olingan ma'lumotlardan quyidagi savollarga javob topiladi:

▪️ Mijoz qaysi reklama tarmog'i orqali kelgan;
▪️ Bizdan ro'yxatdan o'tdimi;
▪️ Mahsulot sotib oldimi va hk.

Bu ma'lumotlar reklama tarmoqlarining samaradorlik darajasini aniqlashga va quyidagilarni tushunishga yordam beradi:

▪️ Mijoz nega mahsulotni sotib oldi yoki sotib olmadi;
▪️ Reklama tarmoqlariga qancha mablag' ajratish kerak;
▪️ Reklama tarmoqlarini qaysi omillar asosida baholash mumkin;
▪️ Sayt, savdo-sotiq, logistika va boshqa tizimlarda qanday yangiliklar amalga oshirish kerak.

Marketing tahlili uchun asosiy yordamchilar: Google Analytics, A/B-testing, R yoki Python, Power BI yoki Tableau, Yandex.Metrika, Power View, Power Pivot, Power Query. Undan tashqari: jarayonni tushunish va mustaqil tahlil qila olish.

Manba: Unsplash




Mobil tahlil mahsulot va marketing tahlillari asosida shakllanadi va mobil ilovaning mahsulotr sifatida samaradorligini o'rganadi. Mobil tahlilning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda har bir kompaniya rivojlanishining qaysidir bosqichiga yetganda, mobil ilova ishlab chiqadi.

Mobil ilovalar tahlilida uchta asosiy yo'nalish mavjud: marketing tahlili, mahsulot tahlili, ilova joylashtirilgan joy tahlili.

Mobil tahlildan olinadigan muhim ma'lumotlar:

▪️ Yuklab olishlar soni;
▪️ Foydalanuvchi ilova haqidagi ma'lumotni qayerdan olgan (sayt, reklama va b.);
▪️ Reklama harajatlarining qoplanishi;
▪️ Ilova reytingi;
▪️ Ilova smartfonda qancha muddat turishi;
▪️ Foydalanuvchining pullik amliyotlarni bajarishi.

Bularning barchasi mobil ilovani mahsulot sifatida yaxshilash, uning kamchiliklarini aniqlash uchun ishlatiladi.

Mobil ilova tahlili uchun asosiy yordamchilar: Firebase Analytics, Flurry, AppAnnie, Mixpanel, Facebook Аnalytics, AppMetrica, Amplitude va Adjust.

Manba: Unsplash




Yakuniy tahlilyuqorida sanab o'tilgan barcha tahlillarning birlashmasida ishlaydi. U alohida mahsulot, marketing yoki mobil tahlil asosida yoki bir vaqtning o'zida bir nechta analitik tizimlarda amalga oshiriladi.

Yakuniy tahlilda haridor reklamani ko'rib, mahsulotni sotib olgunigacha bo'lgan barcha jarayon kuzatib boriladi. Shu sababli, umumiy tahlilda xizmatlar, ma'lumotlar ombori, tahlil va vizualizatsiya vositalarining yagona tizimi mavjud bo'ladi. Ya'ni, bunda turli ko'rsatkichlar yagona interfeysga jamlanadi: ROMI, ROAS (return on ad spend), ROI (return on investments), CPO (cost per order), CPA (cost per action), CTR (click through rate).

Yakuniy tahlilda ma'lumotlar avtomatik ravishda marketing tarmoqlari orqali to'planadi. Vaziyatdan kelib chiqib, telefon qo'ng'iroqlari (calltracing) va elektron pochta ham tizimga ulanishi mumkin.

Yakuniy tahlil raqamli marketingdagi muhim vosita hisoblanadi. Chunki u marketing, avtomatizatsiya, savdo va boshqa jarayonlar tahlillarini vizuallashtirish imkonini beradi.

Yakuniy tahlil uchun asosiy yordamchilar: Har bir kompaniya o'zidan kelib chiqib, yakuniy tahlil vositalarini o'zi istagancha o'rnatishi mumkin. Masalan:

▪️ Ma'lumotlar calltracing, veb-analitika va CRM tizimidan olinadi;
▪️ Olingan ma'lumotlar Google BigQuery ma'lumotlar bazasiga ko'chiriladi;
▪️ Ma'lumotlar qo'shimcha parametrlarni hisoblash uchun BI platformalarida qayta ishlanadi: LTV, ROMI;
▪️ Buxgalteriyadan tranzaksiyalar haqidagi ma'lumot ham Google BigQuery bazasiga uzatiladi;
▪️ So'ngra ma'lumotlar Google Data Studio yoki Microsoft Power BI orqali vizuallashtiriladi.

Manba: Unsplash


Biznesni yaxshi boshqarish uchun yuqorida keltirilgan barcha tahlil turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, barcha ma'lumotlar bir-biriga chambarchas bog'langan.

Report Page