Amirxon

Amirxon


"Hamma o'qishni yaxshi ko'radi.
Shunchaki ba'zilar o'zining sevimli kitobini xali ham topa olmagan"

Assalomu alaykum!
@BookGroupUz guruhiga xush kelibsiz!
Bu guruhda Siz istalgan kitobingizni topishingiz mumkin.

Guruhga endigina qo'shilganlar uchun umumiy ma'lumotlar:

Bu guruhda Siz istalgan elektron yoki audio-formatdagi kitoblarni topishingiz mumkin bo'ladi.
To'g'ri albatta Siz shunchaki internetga kirib elektron yoki audio kitoblarni qidirib yuklab olishingiz mumkin lekin ba'zi kitoblar mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo'ladi va bu kitoblarni faqatgina sotib olishga to'g'ri keladi. Bu guruhdagi botlar esa Sizga istalgan kitoblaringiz xar xil formatlarda yuklab bera oladi.

Yoki bo'lmasam ba'zi saytlarda kitob yuklab olishdan oldin o'sha saytdan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi. Bu esa biroz bo'lsada Sizning vaqtingizni olib qo'yishi mumkin. Ushbu guruhda esa yuklab olmoqchi bo'lgan kitobingizni nomini yoki muallifini yozasiz va o'sha zahotiyoq botlar Sizga topib bera oladi.
Hech qanday ovoragarchiliklar yo'q.

❗Eslatma❗
Guruhimizda faqatgina rus yoki ingliz tilidagi elektron yoki audio kitoblarni topishingiz mumkin.
O'zbekistondagi maktab,kollej yoki oliy ta'lim muassasalarida o'tiladigan fanlar darsliklarini bu yerda qidira ko'rmang.
Chunki u darsliklar aslida internetda tarqalib bo'lgan.
Shunchaki Google va Yandex'ni yaxshilab ishlating.
Ba'zida guruhimizdagi yozishmalar avtomatik tarzda o'chirilib turiladi.
(har 1 haftada)
Buning sababi ba'zi elektron va audio kitoblar mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo'ladi va bunday narsalarni tarqatish qonunga xilof bo'lgani uchun Telegram tomonidan bizning guruhimiz tekshiruvga tushib qolsa bizning guruh o'chirilib yuborilishi mumkin.
Shuning uchun guruhimiz orqali topgan kitob(lar)ingizni o'zingizning telefoningizga yoki Telegramda o'zingizga saqlab qo'ying.

Kitoblarni qidirish tartibi:
•Guruhda rus va ingliz tilidagi kitoblarni qidiring.
Agarda Sizga o'zbek tilidagi elektron yoki audio kitob kerak bo'lsa guruhda #admin heshtegi bilan kitob nomini yozib qo'ying.
12 soat ichida Sizga o'sha kitobni topib berishga harakat qilaman.
•Shunchaki kitob nomini yoki muallifi nomini aniq va bexato yozing!
(Ortiqcha gaplar,salomlashish,xol-ahvol so'rash,guruh a'zolari bilan tanishish maqsadida guruhda gaplashi aslo mumkin emas!)
•Taklif, adminga murojaat yoki shikoyatlaringiz bo'lsa uni guruhga audio formatda yuboring.
Matn ko'rinishida yuborsangiz guruhdagi botlar avtomatik tarzda ishlab ketadi.

Guruhning yagona qoidasi:
Admin doimo haq!!!

Report Page