Kun tarixi: bugun Amerika kashf etilganiga 527 yil to‘ldi

Kun tarixi: bugun Amerika kashf etilganiga 527 yil to‘ldi

🌐OLTIARIQ_TV

>>>>>>

oltiariq_tv

Bundan 527 yil avval Amerika qit'asi kashf qilingan. To‘g‘ri, yangi qit'aning ochilishi borasida turli xil frazalar mavjud. Ammo butun dunyo Amerikani Kolumb kashf qilganiga ishonadi. Keling, bugun bu boradagi faktlarni o‘rganib chiqamiz. 

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya qiroli 1485-yili Xristofor Kolumbning yangi qit’aga borish loyihasini rad etgan. Ya’ni, uni moliyaviy ta’minlamagan. Shundan so‘ng, sayohatchi Kastiliyaga ko‘chib o‘tadi va Andalus savdogarlari hamda bankirlari ko‘magi bilan ekspeditsiyasiyaga otlanadi. 


“Santa Mariya”, “Pinta” va “Ninya” kemalarida bo‘lgan 90 kishidan iborat ushbu ekspeditsiya (1492-1493) 1492-yil 3-avgustda Palosni tark etadi. So‘ngra Kanar orollaridan g‘arb tomon burilib, Atlantika okeanining subtropik hududidan o‘tadi va 1492-yil 12-oktabrda Bagam orollari arxipelagidagi San-Salvadorga yetib boradi. Bu Amerika kashf etilgan rasmiy sana hisoblanadi.

 

Ilmiy adabiyotlarda Amerikani Kolumb kashf qilgani borasida turli xil munozaralar mavjud. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerika orollari va qirg‘oqbo‘yi hududlariga Kolumbdan yuz yillar oldin Normanlar borgani aniqlangan. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada yashovchi xalqlar ham Amerika orollariga tasodifan borganlari ilmiy inkor etilmagan. 


Endi esa, Al-Beruniyning Amerikani kash qilgani borasidagi qarashlarga to‘xtalsak:

Beruniy Uyg‘onish davridan ancha oldin uyg‘ongan olim edi. Xivada tug‘ilgan Abu Rayhon al-Beruniy Yerning aylanishini mukammal hisoblab chiqib, o‘ziga xos tortishish kuchini aniqlagan. Bundan tashqari, suv va materiya zichligi o‘rtasidagi farqni payqagan. U Kopernikdan qariyb 5 asr oldin barcha sayyoralar Quyosh atrofida aylanishini aniqlagan.


2014-yili Samarqandda O‘rta asrlar Sharq allomalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy konferensiyada Vashington universiteti olimi Frederik Starr Al-Beruniy umrida okeanga chiqmay turib ham hisob-kitoblarga asoslanib Amerika qit’asi mavjudligini aniqlaganini aytgan.


Amerikani Beruniy kashf qilgani haqidagi yanada ishonchliroq manba bu – u yasagan 5 metrlik globus edi. Bu globusni u qiblaga qarab aniq kordinatalarni hisoblab chiqish va o‘z taxminlari bilan oldin yozilgan tarixiy manbalarni kuzatib ishlab chiqqan. Shundan so‘ng, u o‘z globusi bilan yer yuzasining hali 3/5 qismi aniqlanmaganini isbotlagan. 

Biroq Kolumbning ixtirosidan so‘nggina, Amerika geografik hudud sifatida tan olingan.


Report Page