AMAZON

AMAZON

Sayyora

Amazon direktori Jeffa Bezosa dunyo CEOsining eng yuqori cho'qqilarida turadi. Aslida, Amazon qanday ishlaydi? Uning daromadining sabablari nimada?

@economicsuz


Bezos kichik tadbirkorlik sharoitida katta bo'lgan bo'lsa ham, 2016 yilning o'zidayoq $136 mlrd dollarlik daromad ko'rdi. Juda ko'p pullar!!! Ammo, bu pullar qanday qilib topiladi?


Chakana Savdo


Eng katta va Samarali mablag' ishlash yo'nalishi. 2014 yilda Amazon orqali sotib olinadigan va yetkaziladigan mahsulotlardan tushgan daromad kompaniya daromadining 80%ni tashkil qilgan. Kompaniya ishlab chiqaruvchilardan to'g'ridan-to'g'ri sotib oladi va "ozgina" foiz qo'yib sotadi.

Faktlarga ko'ra, Amazoning 25yillik faoliyati davomida faqatgina 2015 yildan keyingina katta foyda ola boshlagan. Foyda o'rniga kompaniya Jahon savdosining ko'p qismini egallashga, xaridorlarni tekin yetkazib berish kabi afzalliklar bilan jalb qilishga harakat qiladi.


Bevosita Savdo


Amazon hamma narsani ham sota olmasligini, Savdo maydonida boshqa kompaniyalar ham borligini tushunib yetganida, u o'ziga dushman emas, do'st ortirishga qaror qildi. Ular kompaniya tomonidan boshqalar bilan hamkorlik qila boshladilar. Hamkorlik esa komissiya orqali ularning tovorlarini tez, oson yetkazib berishdan iborat edi. Buning uchun, Amazon Marketplace Ishga tushiriladi. Bu komissiya orqali kompaniya ancha foyda ko'radi. 


Amazon Web servislari


AWS- Bezos tomonidan ishlab chiqarilab, bulutli savdo.

Ya'ni, bu davlat ishlaridan tortib yangi startup larni hisoblab chiqishni amalga oshiradigan xizmat turidir. AWS ajoyib infrastrukturaga ega bo'lib, barcha ishlar bajarilganidan so'ng foydalanuvchidan xizmat uchun mablag' yechib oladi.

Aynan shu servis orqali daromad 2012 yil $4.6 mlrd dollardan 2016 yil $12.2 mlrd dollarga ko'tarildi.


Amazon Prime


Prime Mashhur servisi foydalanuvchiga xolislikni saqlaydi, turli ajoyib bonus va skidkalardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatdan 2 oy tekin foydanlanga inson undan yana foydalanish uchun qaytib kirishi aniq. Shunday qilib, Amazon foydalanuvchilarning xolislikigini saqlash va Amazon Dan Ular uchun kerakli barchani sotib olishiga imkon yaratadi. 


Kindle

Albatta, Mashhur Kindleni eslab o'timasa bo'lmaydi. Bezos ta'kidlaganidek, Kindle orqali olingan daromad kompaniyaga to'g'ridan to'g'ri tushadi. Kindle Amazonga daromad olishga yordam ham beradi, chunki uning sotuvi jarayonida Amazoning boshqa mahsulotlarini uchun muloqot oynasi ochiladi. Har bir Kindle Fire o'zida Primedan 1 oy bepul foydalanish imkoniga ega bo'ladi. Foydalanuvchilar har ikkala xizmatdan hayratga tushadi va Primega ham ulanadi. Kindle foydalanuvchilari ayniqsa Amazon dan kitoblar, kinolar sotib olishga moyil bo'ladi. 


Mana shunday xizmat turlari orqali Amazon ulkan daromadga ega bo'ladi.


Siz ham o'z daromadlaringiz manbayini yarating!!!


@economicsuz 

Report Page