Alibaba

Alibaba

Ulugbek Pulatov

Ayting-chi, Siz Xitoy bilan savdo haqida o’ylaganingizda miyangizga kelgan birinchi fikr – bu nima? 

Ehtimol, siz darhol Alibaba haqida o’ylarsiz? 2018-yilning oxirida kompaniyaning narxi 500 mlrd $ gacha yetdi. Alibaba – dunyodagi ulkan platformadir. U yerda 35 mingdan ortiq ishchilar faoliyat yuritadi. Ammo 1999-yilda kompaniya jamoasida atigi 18ta ishchilar bor edi. Ularning orasida Alibabaning asoschisi Djek Ma ham bor edi. 

Bugun sizlar bilan Klark Dunkanning “Alibaba. 1-shaxsdan dunyo miqyosigacha ko’tarilish tarixi.” Kitobini o’rganamiz. 

1 – xulosa. Yetakchining o’ziga ishonishi va masshtabli harakatlar – kompaniya ravnaqining asosidir. 

1964-yilda Xan Jou shahrida oddiy musiqachilarning oilasida Ma Yun ismli o’g’il bola dunyoga keldi. Kelajakda u o’z ismini Djek Ma-ga o’zgartiradi va Xitoyda 35 mlrd $ga ega bo’lgan eng boy insonga aylanadi.  Ammo o’sha paytlarda kichik Djek Ma kambag’al oilada yashar edi. Uning sinfdoshlari doimo uning ustidan kular edi. Darslarni ham yaxshi o’zlashtirmas edi. Kichik sinfda u asosiy test sinovini uchinchi urunishdan so’ng topshira oldi. O’rta sinfda esa o’rtinchi urinishda. 

Ammo Djek Ma o’z maqsadiga juda ham intilar edi. 12 yoshida u ingliz tilini o’rganishga qaror qildi. Buning uchun u har kuni ertalab, o’z velosipediga o’tirib, uyiga eng yaqin bo’lgan mehmonxonagacha 40 minutda borib, boshqa mamlakatdan kelganlar bilan gaplashar edi. Universitetga kirish jarayon ham yaxshi o’tmagan edi. Ushbu muassassa shahardagi eng past reytingli edi, ammo Djek matematika imtihonidan u yerda ham 120 balldan 1 ball ololdi xolos. Albatta u taslim bo’lmadi va uchinchi urunishdan keyin ingliz tili pedagogi yo’nalishiga kira oldi. 

Universitetdan so’ng, Djek ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishladi va uning oylik maoshi 12$ edi. Bundan keyin u o’z oilasini qurish uchun uylandi. Ammo u ishlab topgan pullar hech narsaga yetmas edi. Shuning uchun Djek boshqa ishni qidira boshladi. U juda ko’p intervyulardan o’tdi va barchasida unga rad javobini berishdi. KFC korxonasiga ishga kirishda ham Djek ishga olinmagan yagona inson edi, ishga olinganlar soni esa 23ta edi. 

Ammo Djek o’z oilasini ta’minlash yo’lini izlasjda hech qachon taslim bo’lmas edi. Tez orada u o’zining tarjimalar byurosini yaratdi. Bu uning ingliz tili bilimlari asosida ochilgan kichik biznesi edi. Bir oz o’tgach Djek AQSHda bo’la oldi. U Xitoydagi mahsulotlar boshqa mamalakatlardagi mahsulotlarga qaraganda bir necha barobar arzonroq turishini ko’rdi. Shunda Djek xitoy tadbirkorlariga dunyo bo’ylab ko’proq mijozlar bilan ish yuritishga yordam beradigan va qimmat ijara to’lamasdan faoliyat yuritadigan internet maydonchani yaratish haqida jiddiy o’ylandi. 

Kremniy vodiysida Djek Maning biznes rejasiga ishonmadi. Shunda Djek Xitoyda o’zining 23ta tanish va do’stlarini yig’ib, o’z g’oyasi haqida gapirib berdi. Ulardan 17tasi Djekni qo’llab quvvatladi va birgalikda ular 60 ming $ boshlang’ich kapitalni yig’dilar. 

Shu tarzda dunyodagi eng ulkan virtual savdo markazining tarixi boshlandi. Djek Xitoydagi o’n minglab tadbirkorlarning muammosini juda ham samarali va qulay taklif bilan hal qiladi. Ushbu taklif esa – o’z mahsulotlarini butun dunyodagi mijozlarga bepul taqdim etishdan iboratdir. Faqatgina reklama e’lonlari bilan o’z mahsulotlarini takomillashtirishni istalgan tadbirkorlargina pul to’laydi xolos. 

Har qanday masshtabdagi o’zgarishlarga e’tibor qaratib, ularga moslasha olish qobiliyati Alibaba kompaniyasiga yaratilish va o’sishda yordam berdi. 

2002-yilda Xitoyda SARS virusining epidemiyasi paydo bo’lganda, virus 800 taga yaqin insonlarning hayotini olib ketdi. Bundan tashqari virusga chalinganlarning soni 8 mingga yetdi. Ammo Alibaba Xitoy fuqarolariga yordam berish yo’lini topa oldi. O’z uylaridan chiqishdan qo’rqqan insonlar onlayn xaridalrni amalga oshirishga qaror qildi. Bu esa elektron savdoning rivojlanishiga qattiq yordam berdi.

Shunday qilib, atigi 10 yilda Djek Ma Alibaba Group kompaniyasiga asos solib, uni dunyodagi taniqli kompaniyalardan biriga aylantira oldi. Kompaniya Alibaba.com, Alibaba Pictures, AliExpress.com, TaoBao.com, Tmall.com, Alipay va boshqalardan tashkil topgan. Alibaba saytlarida 400 milliondan insonlar xaridalrni amalga oshiradilar. Djek Ma esa 21-asrning haqiqiy Rokfelleriga aylandi.

2-xulosa. Korporativ madaniyatni rivojlantiring va o’z xodimlaringizga samimiy qiziqishni bildiring. 

Xodimlarga qiyinchiliklarni yengib o’tishga motivatsiya berish doimo Alibaba uchun myhim o’rinni egallar edi. Djek o’z ishchilari uchun “Djek Madan kompaniya muvaffaqiyatining 6ta tamoyillari”. 

1. Mijoz bu birinchi o’rinda Alibabaning mantrasi (mantra – bu qayta takrorlaydigan narsa)

Xodimlarni maksimal natijalarga yetishlari uchun turli xil usullar bilan rag’batlantiring. Xodimlar va mijozlar shaxsiy munosabatda bo’lishiga ko’proq e’tibor bering.

2. Jamoaviy ish – korporativ madaniyatning muhim qismi. Odamlar bir biri bilan yaqin munosabatlarda bo’lishi uchun norasmiy ma’rosimlarni tashkillashtiring. Masalan, Alibabaning xodimlari doimiy ravishdan o’yinlarda qatnashadi, birgalikda sayohat qiladi va ishdan tashqari vaqtlarini birga o’tkazadi. 

3. O’zgarishlarni qabul qilish. Ushbu tamoyil kadrlarni doimiy ravishdan o’zgartirish bilan bog’liqdir. Bu esa har bir ishchining samarasiga bog’liq emas. Ya’ni, bu tarzda siz o’z ishchilaringizga o’zgarishlarga oson munosabatda bo’lishni o’rgatasiz, ular esa qiyinchilik va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rmaydi. Bundan tashqari kadrlarni tez-tez o’zgartirish bitta joyda “o’tirib qolishni” va korrupsiya xavfini kamaytiradi. 

4. Rostgo’ylik

5. O’z ishiga berilganlik

6. Ishtiyoqlik

Alibaba xodimlari “kurashchi bo’lish – bu intilish” deb aytadi. 

O’z misolingiz orqali xodimlaringizni ishga butun qalbni sarmoya qilish uchun motivatsiya bering. Bu esa ularning samaradorligini bir necha marta oshiradi. 

Ushbu 6ta tamoyillarga mos bo’lish kompaniyadagi takomillashtirishga qattiq ta’sir ko’rsatadi. Alibabaning har bir xodimi kompaniya rivojiga o’zining shaxsiy xissini kiritishga intiladi. Chunki u butun tizimning bir qismi ekanligini biladi va shuning uchun ushbu katta oila haqida qayg’uradi. Bunday tizim kompaniyaning muvaffaqiyatli rivojlanishini anglatadi.

XULOSA: Kitobning asosiy g’oyasi – Djek Ma va uning muvaffaqiyat tarixi – iste’dod va mehnatsevarlik iloji bo’lmagan narsalarga erishish uchun yordam beradi. Mijzolarning ehtiyojlarini qoniqtirish va har qanday o’zgarishlarga o’z vaqtida e’tibor qaratish raqobat kurashidan yutib chiqishga imkon beradi. Xodimlarning samarali ishi korporativ madaniyat va kompaniyadagi atmosferaga bog’liqdir. 

“Pul doimo yetadi. Bizga orzularga ega va ular uchun o’limga ham tayyor insonlar yetmaydi” Djek Ma



Report Page