Qisqa muddatda yuqori natija !

Qisqa muddatda yuqori natija !

Mukhammadjon

SMM (Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.

Mukhammadjon
Mutaxassislar bergan maʼlumotlarga koʻra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval oʻrtacha 10.4 ta maqolani oʻrganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi oʻrtacha 5.8 ta akkauntga ega boʻlib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, oʻz mahsulot yoki xizmatlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qoʻllab-quvvatlash zaruratini tugʻdiradi.
Mukhammadjon
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol boʻlib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy mediada muhitlar - bu mijozlar foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. Eng katta farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan koʻra ancha ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlikdir. SMM reklamadan koʻra koʻproq PRʼga oʻxshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashdir.
  • SMM yordami bilan hal qilish mumkin boʻlgan vazifalar:
  • brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;
  • brendni mashhur qilish, unga boʻlgan qiziqishni oshirish;
  • PR;
  • kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
  • mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo boʻlgan savollar tezkor javob berish, xizmat koʻrsatish.


SMM hozirda bajaradigan vazifasiga koʻra noanʼanaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda koʻpchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, oʻz bozorlari faollari, balkim, oʻrta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, oʻz mijozlari bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyishmoqda.
Odatiy ijtimoiy mediada marketing quroli:
  • har xil muhitlarda bloglar yaratish, uni maʼlumotlar bilan toʻldirish va bu resursni tanitish;
  • blogni yurgizish;
  • tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanish;
  • tematik forumlar yaratish, ularda mahsulot yoki tovar yuzasidan beriladigan savollarga javob berish;
  • kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish;
  • virusli marketing;
  • mahsulot yoki xizmatga boʻlgan yaxshi va yomon kayfiyatlarni kuzatib borish;
  • kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya qilish.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing kompaniya saytini SMO - Social Media Optimization talablariga moslashni ham talab qiladi.


👨🏻‍💻 Admin bilan bogʻlanish

☎️ Tel: +998916763787

Bir hafta bepul xizmatni sinab koʻrish uchun roʻyxatdan oʻting.



Report Page