Adidas

Adidas

Wikipediauz
1952-yilda Adidasning ikki shisha viski va 1600 yevroga sotib olgan brend-logosi


Adidas Germaniyada joylashgan Herzogenaurach shahridagi onasining oshxonasi yoki kirxonasida sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adolf “Adi” Dassler tomonidan Birinchi jahon urushidan qaytganidan asos solingan. 1924-yil iyulida biznesga akasi Rudolf ham qo’shildi va Aka-uka Dasslerlar nomi oyoq kiyim fabrikasiga aylandi. Herzogenaurachda elektr energiyasi yetkazib berish uzluksiz emasdi, shuning uchun aka-ukalar ba’zan qo’zg’almas velosipeddan olingan tok kuchi orqali o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishga to’g’ri kelardi.

Dasslerlar ko’plab sport turlari uchun tishli oyoq kiyimlarni ishlab chiqishdi. Dassler AQShlik sprentir Jasse Owensni 1936-yilgi Yozgi Olimpiya o’yinlarida shaxsan o’zi tayyorlagan butsilardan foydalanishga ko’ndirgan. Owensning olimpiyadadagi to’rtta oltin medalidan so’ng Dassler oyoq kiyimlari shuhrati butun dunyo sportchilari va ularning murabbiylari orasida oshib ketdi. Biznes muvaffaqiyatli edi va Dasslerlar Ikkinchi jahon urushiga qadar yiliga 200,000 juft oyoq kiyim sotishar edi.

Dasslerlar fabrikasi Ikkinchi jahon urushi davomida tankka qarshi qurollar ishlab chiqardi. 1945-yilga kelib esa AQSh qurolli kuchlari tomonidan deyarli vayrona holatga keltirildi. Lekin Adolf Dasslerning xotini Amerikaliklarni kompaniya va unning ishchilari faqat sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqarishga qiziqqanligiga ishontirolishi tufayli saqlab qolindi. Amerika okkupatsiya kuchlari keyinchalik Dasslerlarning katta buyurtmachisiga aylandi. 

Ajralish va Puma bilan raqobat

1947-yilda aka-uka munosabatlarining yomonlashuvi orqasidan Rudolf yangi kompaniya tuzdi va uni RUdolf DAsler nomida atab RUDA deb nomladi, keyinchalik esa uni Puma deya rebrending qildi. Adolf ham 1949-yil 18-avgustda kompaniyaning eski nomi Adi Daslerdan rasman Adidas AG nomiga o’zgartirdi. Unchalik ishonchli bo’lmagan afsonalarda Adolf kompaniya nomi bilan “Kun davomida sportni o’ylayman” (All Day I Dream About Sports), demoqchi deyiladi.

Ajralishdan so’ng Puma va Adidas keskin va shiddatli biznes raqobatga kirishadilar. Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, shahar ikkiga bo’lindi va begona kishining qanaqa oyoq kiyim kiyganliga qarab yurganidan shaharga “egilgan bo’yinlar” deb laqab berishadi. Xattoki, shaharning futbol klublari ham ikkiga bo’lingan edi: ASV Herzogenaurach klubi Adidas, 1 FC Herzogenaurach klubi Puma mahsulotidan foydalinishar edi. Agarda biron kishini Rudolf uyga chaqirtiradiga bo’lsa u atayin Adidas oyoq kiyimida borar edi. Rudolf esa ularga yerto’laga tushib o’zlari uchun tekinga Puma oyoq kiyimidan olishni aytar edi. Ikki aka-uka hech qachon qayta yarashmadi va hattoki bir qabristonning bir-biridan qanchalik uzoqqa dafn qilish imkoni bo’sa shuncha uzoqqa dafn qilindilar. 1948-yilda Ikkinchi jahon urushidan so’ng G’arbiy Germaniya milliy terma jamoasining ilk o’yinida bir qancha futbolchilar va shuningdek G’arbiy Germaniyaning urushdan keyingi dastlabki golini urgan Herbert Burdenski Puma butsilarini kiygan edi. To’rt yildan keyin Helsinkidagi 1952-yilgi Yozgi Olimpiada o’yinlarida 1500 metrga yuguruvchi Josy Barthel Pumaga birinchi Olimpiada medalini taqdim etdi.

3 chiziqli logo

1952-yilgi Yozgi Olimpiada o’yinlaridan so’ng Adidas o’zining uch chiziqli emblemasini fin firmasi hisoblanmish Karhu Sportsdan ikki shisha viski va 1600 yevro evaziga sotib oladi.

FIFA bilan hamkorlik

1970-yildan buyon dunyo futboli boshqaruvchisi bo’mish FIFA Adidas bilan Jahon Chempionatlarida hamkorlik qilib keladi. Hamkorlik doirasida 1970-yilgi Jahon Chempionatida dastlabki Adidas futbol to’plaridan foydalanildi. 2006-yilgi chempionatda “Teamgeist” nomli to’pdan foydanilgan bo’lsa, 2010-yilda JARda bo’lib o’tgan JCHda “Jabulani”, 2014-yilgi JCHda esa “Brazuca” nomli to’pdan foydalanilgan. Brazuca nomi muhlislar tomonidan tanlangan birinchi to’pdir. 

Report Page