About me

About me


To`grisi nimadan boshlashni bilmayman. Mayli, nima kelsa shuni yozaveraman. Man haqimda ko`pchilik bilmagan, tanimagan odamlar dimog`dor, kibrli deb o`ylaydi. Mani yaxshi biladiganlar esa osmonda emas yerda yurishimni bilishadi. Manimcha o`zimga bo`lgan ishonchimni kibr bilan adashtirishsa kerak. Man o`zimga bo`lgan ishonchim juda baland. Lekin bu boshqalarni hurmat qilmasligimni bildirmaydiku to`g`rimi? Biz hammamiz insonmiz, shuni o`zi hurmatga loyiq bo`lish uchun yetarli. Ko`pchilik nimadirga erishgan yoki erishish yo`lidan yurayotganlar hech qachon birovni kamsitmaydi yoki past nazar bilan qaramaydi, ayniqsa Yevropada.

Ota onam yoshi o`tayotganligi uchun man uylanishni kechiktirmaslikka qaror qildim. Lekin bir narsadan xavotirdaman. Qiz bilan yigit bir birini tushunishi bu eng muhimi man uchun! O`zimdan qo`rqaman to`grisi! Chunki Uzbdaligimdayam, Yevropaga kelib ayniqsa hayotga bo`lgan qarashlarim o`zgardi. Shuning uchun tanlagan inson bilan gapim gapimga to`g`ri kelish kelmasligidan xavotir olaman. Uzb da bo`lsam ozgina surishtirib, bir ikki og`iz gaplashib qaror qabul qilardim.

Sizdan til bilishizni so`raganimning sababi - Til bilgan odam boshqa jamiyatning ham turmush tarzini tushunib ketishi oson bo`ladi. Man ko`p bilaman san hech nima bilmaysan degan yoshbolacha gaplar man uchun absurd. Umuman bunaqa niyatim yo`q!!! Tabiatan odamni o`rganish uchun ko`p savol beraman, bu ham manimcha tabiiy. Soxta muomalani, soxta taassurot qoldirishni yoqtirmayman. Bunday qilmaslikka harakat qilaman. Bizda ko`pchilik shunaqa qiladiku, xuddi jamiyatning talabiga o`xshaydi. Qisqasi qanday bo`lsam shundayman.

Siz yuqoridagi gaplarga tushunmasligiz mumkin va manimcha katta ehtimollik bilan. Chunki o`zim o`sha yoshdaligimda qanaqa bo`lganimni bilamanda :-).

Bu postni yozishimdan maqsad hamma narsaga oyinlik kiritish edi.

Alloh hammamizni o`z panohida asrasin! Omadizni bersin!

PS. Iloji bo`lsa bu postni hech kimga podelitsa qilmang!




Report Page