šŸ”„About mešŸ”„

šŸ”„About mešŸ”„

Park Yona

#About_me #4qism


Og'riqli tunni boshidan o'tkazgan qiz yana doimgidek ming og'riqlar bilan ko'zini ochdi. Balki tun, balki kun. Lekin bu qasrda hech qachon yorug'lik ko'rinmaydi, shu sabab ham tashqarida qanday ob-havo yoki qanday holatdaligini bilib bo'lmaydi. Yona katta yotoqdan turib oyoqlarini muzdek pollarga qo'ydi.

-boshimm.. - g'inshidi qiz yig'lmasiragan ovozda - akajon.. nega ham gapingizga kirmadim

- demak, quloqsiz qizcha ekansanda~

Doimgidek birdan paydo bo'lgan yigit Yonani cho'chitib yubordi. Qanotlarsiz, tim qora sochli, sovuq oq yuzli, haddan tashqari ko'rkam va qo'rqinchili yigit. Qanotli bo'lganida mahluq, qanotsiz ekanligida kelishgan shahzodalardek. Huddi shu haybatli saroyning sovuq qiroli. Yigit Yona tomonga asta qadam tashlab unga biroz egilib qiz ko'zlariga ko'zlarini tikdi

- qaysar.. mitti.. yig'loqi qizaloq.. - gapini yakunladi yigit. So'ng nigohini Yonadan olib stolga qaratdi

- 3 kun ovqatlanmading, qoning ham bemaza bo'lib ketyabdi - yigit uning yonrog'iga kelib yotoq chetida o'tirgan qiz qarshisiga cho'kkalab o'tirdi. Doimiy sovuq yuz. Biroz kulgusi bilan. Bu kulgu esa aksincha, vaxshiy ko'rinish bermoqda.

- sen uchun yegulik olib kelganman, - yigit shunday deb kichik qora naqshli patnisni qo'liga oldi. Va uni kichik stol ustiga qo'yidida, Yonaning polga tegib turgan oyoqlari orasidan baquvvat qo'llarini o'tkazib ushlab qo'liga ko'tardi.

- qo'rqma, seni shunchaki ovqatlantirib qo'yaman kichkintoy - Yonaning qaltirashini sezgan yigit shunday deb qizni ovutganday bo'ldi - ismim Tae Hyung.

- sizni ham.. ismingiz bormi? - mittigina labchasini bazor qimirlatib gapirdi Yona yigitning ko'zlariga tikilib qo'llarini qo'rquv bilan uning bo'ynidan qattiqroq tutgancha

- insonlar hatto hayvonlariga ham ism qo'yishadi! - Taehyung tushuntirganiga amin bo'lib sovuq holda Yonaga ohirgi bor qarab qo'ydida so'ng qizni yotoqga yarim chala yotqizdi. Yona biroz ko'tarilib yotoq tepasiga suyanib o'tirib oldi.

- meni boshqa yemaysizmi..? - qo'rquv va umid bor ohangda so'radi Yona - ahr.. men hali kichkinaman - qiz shu gaplarini tugatishi bilan birdan yig'lab yubordi

Taehyung javob o'rniga patnisdagi kosaga quyilgan ovqatni qo'liga olib Yona yoniga unga qarab olgancha joylashdi.

- ohirigacha yeysan - Taehyung qoshiqni qiz og'ziga tutgancha biroz jilmaydi, lekin baribir bu yuz sovuq holda. Yona avval qoshiqga so'ngra Taehyungga nazar tashladi. Keyin esa biroz oldinga og'zini olib borib qoshiqdagini hidladi. Ayni vaqtda qiz yuziga kulgi yugurdi

- yoqimli ekan - Yona darhol Taehyung qo'lidagi qoshiqni og'ziga soldi. Mazali ovqat bo'lgani uchunmi yoki 3kundan buyon endigina biron nima oshqozoniga tushgani uchunmi bu taom qiz uchun juda yoqdi.

- yoqdimi..? - kulgancha so'radi Taehyung

- judayam.. bunday ovqatni hech qachon yeb ko'rmagandim - Yona lablarini kirgazgancha biroz jilmayib Taehyungdan uyalganidanmi yo qo'rqqanidanmi boshini pastga qaratdida ko'z tepasida qayta yigitga qaradi

- babie~ men ham ovqatlanishni istayman - Taehyung kosani qayta joyiga qo'yib dedi - men senchalik sabrli emasman)

Yona Taehyungning gaplaridan cho'chib ustidagi ko'rpasini ustiga tortgancha ortga surila boshladi. Taehyung lab chetida kularkan, o'tirgan joyida Yonaning oyog'idan ushlab oldi.

- qo'rqma kichkintoy, biroz yig'laysan holos - Taehyung qizni oyoqlaridan qo'lini olmay uning ustiga minib oldi.Ā  So'ng qo'lini qizning belidan o'rab Yonaning yuziga yaqinlashdi

- qayerga qochyabsan? Bunga o'rganib qolding deb o'ylagandim? - dedi u Yonaning bo'ynini ohista o'pgancha

- iltimos menga...m-mening.. mening kasalim bor - Yona yig'lagancha tutilib gapira boshladi - qattiq qo'rqsam t-tutqanoq tutib q-qoladi..

- rostdanmi? Unda iltimos.. mendan bunchalik qo'rqma, sening sog'liging men uchun hozir juda muhim! - Taehyung huddi bu ishni hozir qilmaydigondek ohista shivirladi - lekin, och yura olmayman kechir...

Taehyung chidab tura olmay o'tkir tishlarini qizning oppoq bo'yniga botirdi. Sukunat qoplagan honani kichik qizning qattiq ovozda yig'lagan ovozi qamrab oldi. Hali hamon uning tishlari qizning bo'ynida botirilib turarkan biroz vaqt o'tkanidan so'ng kutilganidek oppoq tanadan tishlar orasidan sizib chiqgan qon oqib chiqdi. Yona yana ham qattiqroq ovozda yig'lab tutilgancha nafas ola boshladi. Taehyung o'zini boshqara olmay ishida davom etaverdi.


***

Timeskipāž”ļø 1 kundan so'ng


- ahvoli ancha yaxshi, havotir olmang janob Hwang

Jungkook kasalhonadagi Xare yotog'i yonida o'tirgan Janob Hwangning yelkasidan qoqib qo'ydi

- sizga rahmat, agar u yerga bormaganingizda kim biladi qizim allaqachon halok bo'larmidi.. - Janob Hwang bazor gapirgancha qizining sochlaridan siladi

Xare hali ham bir nuqtaga tikilgancha jim yotardi. Mana to'rtinchi kun, lekin u hali ham na gapirdi na harakat qildi na biror bir tuz totdi. Jungkookning ichini yondirayotgan savollar Xarega qiziq emasdek edi. Uning barcha savollarini eshitsada javob bergisi kelmasdi. Go'yo aqldan ozgandek.

- janob sizdan iltimos, Xareni gapirishiga ko'ndiring, singlimni topishim kerak - dedi Jungkook ho'rsingancha Xarega tikilib

- albatta, u albatta gapiradi o'g'lim.. havotir olma.. ishonchim komil Yona ham soppa sog' - ovutganday gapirdi janob Hwang

*koshkiydi sog' bo'lsa, Xare bu ahvolda bazor qochib o'rmondan chiqganida, Yona u yer ichkarisida qay ahvolda ekanligini hayolimga ham keltirishga qo'rqyabman - Jungkook shularni hayol qildiyu tezda yuzini qo'li bilan qattiq artib honadan chiqib ketdi


***


Qora mashina ochilgan katta darvozalar orasidan uyga kirib garajga joylandi. Jungkook kun bo'yi bu politisyadan bu politsiyaga, o'sha o'rmonning har bir burchakiga borib, kasalhonada Xaredan habar olib, kun bo'yi yetmaganidek ishlab anchagina toliqqan. Kun allaqachon kechkirgan. Jungkook dam olish uchun zinalardan honasiga ko'tarila boshladi. Qadamlar anchagina sust. Ularni bosishni ham hohlamaydi. Bazor honasi eshigini ochgan Jungkook katta yotoq o'rtasida yuziga qora rangli niqob qo'yib olib qarshisidagi bahaybat televizordan ko'zini uzmay qandaydir shou tomosha qilayotgan Jiwonga qaradi. Tovushlarni sezgan yotoqdagi qiz darhol eshik tomonga qaradida so'ng sakrab o'rnidan turdi. Jiwon Jungkookning bo'ynidan quchib unga yoqimtoy holda jilmaydi

- babie juda charchaganman

Jungkook shunday deb bazor yuziga kulgi olgancha Jiwonning qo'llarini o'z bo'ynidan bo'shatdi. Va yotoq tomon yurib o'zini yumshoq pastel ustiga otdi. Eshik yonidan hafa qiyofada qolib ketgan Jiwon biroz yotoqdagi Jungkook tomon qarab turdida so'ng u ham yotoq tomonga borib sakrab Jungkook yoniga o'tirib oldi.

- Jiwonie hech nima qilma, shunchaki biroz dam olishni istayman.. - Jungkook avvaldan ogohlantirib ko'zlarini yumdi

- yaa, men seni kun bo'yi kutdim.. 4 kundan beri menga umuman e'tibor berganing yo'q, ohirgi bor kasalhonaga birga bordik agar eslasang! - Jiwon ming'irlagan ovozda gapirib Jungkookning qo'lidan siltadi

- hech nima qilishni istamayman - ko'zlari yumiq holda gapirdi Jungkook

- ammo men istayman!

- unda bir o'zing qilaver, o'sha istayotgan ishingni - Jungkook shunday dediyu yon boshlab oldi. Jiwon yigitning bu harakatlaridan jahli chiqdi. Unga biroz tikilib turgach so'ng ayyorona jilmayib qo'ydi.

- yaxshi istagan ishimni qilaman.. - Jiwon tabassum qilib o'rnidan turgancha eshik yoniga bordi va - Jungkook, qara eshik yopilmayabdii - dedi qiz eshikni ikki uch bir qattiq ochib yopgancha - vooy~ nega ahr?

Rol o'ynashni boshlagan Jiwon atayin Jungkookning uyqisiga halaqit bergisi kelardi. Qiz eshik yonidan ketib, qo'liga pult televizorini oldi. Va uning ovoz meyorini eng baland rejimga qo'yib Jungkook yoniga o'tirib oldi

- yo hudoo, buni qarang, endi ularga nima bo'larkaan?! - gapirish davomida Jungkookga ko'z tashlab qo'ydi Jiwon. Endi televizorni ham tinch qo'ygan qiz darhol o'rnidan turib chetda turgan uy tozalagichni yoqdi.

- Jungkook qara uyimiz juda tartibsiz bo'lib ketibdi - dedi Jiwon tozalagich tugmasini bosgancha, keyin uy qattiq g'ing'illagan vosita ovozi bilan to'ldi. Har qanday charchagan insonning g'ashiga teguvchi ovoz. Jungkook yuzini burishtirib quloqlarini bolish bilan yopib oldi. Jiwon esa hali ham ishini to'htatishni hohlamasdi. Birozdan so'ng ovoz tinib, yotoq ustiga tizzalari bilan sakrab chiqgan qiz ovozi yangradi

- Jungkook uhlab qoldingmi..? - Jiwon atayin asabga teguvchi ovozda so'radi - Jungkoook nima qilyabsann..? - Jiwon yigit quloqlarini berkitib turgan yostig'ni oldi. Va Jungkookni itarib to'g'riga qaratib yotqizgancha o'sha yostiqni uning qorniga qo'yib o'zi esa yigit ustiga yotib oldi

- yo hudoo! Aqldan ozish mumkin - Jungkook biroz asabiy ohangda gapirib boshini ushladi. Ko'zlari hamon berk. Jiwonning ishlariga ahamiyat bermay hali ham uyqisida davom etyabdi.

- baribir turmayman..

- yaramas! - dedi Jiwon va taslim bo'lib o'rnidan turib honadan chiqib ketdi


***


Timeskip āž”ļø


- ortimdan yur

Taehyung Yonaning qo'lidan qattiq tutib vanihoyat o'sha qorong'u honadan olib chiqdi. Insonni yutib yuborgudek turgan bu qasr ichida Yona juda ham qaltirardi. Qadamlarini bazor bosayotgan qiz yigitning qo'lidan qattiq ushlab olgancha uning ortidan ergashardi

- shu yer.. - Taehyung bir hona eshigi yonida to'htadi - kir

Yona qo'rqqancha bosh silkib ichkariga qadam tashladi. Hona qolganlaridek qorong'u va sovuq, qiz faqatgina to'g'risida turgan naqshlar bilan qoplangan derazaga ko'zi tushdi. Shu oyna bilan ichkariga biroz yorug'ik tushib turardi. Taehyung Yonaning ortidan itarib o'zi hona eshigini yopdi. Va qandaydr eski javondan bir nima oldi

- hozir bir ish qilamiz

Taehyung Yona tomonga o'girilib javondan olgan ko'zguni unga qaratdi.

- buni ol, va unga qara

Yona qo'llarini ko'zgu tomonga cho'zib uni Taehyungdan oldi. Avvaliga biroz cho'chigan qiz Taehyungga qarab turdida so'ng ko'zguni o'zi tomon qaltiragancha harakatlantirib unga qaradi.

- u yerda nima deyilgan? - so'radi Taehyung

- h-hech narsa.. - Yona dovdiragancha ko'zguga qarab qoldi

- yaxshilab qara!

Yona bir ikki ko'zini ochib yopganidan keyin, ko'zguda alvon rangdagi naqshband yozuvlar paydo bo'ldi

- ho'sh..? Nima deyilgan?

- b-bu.. yerda.. - qiz ikkilangancha yozuvlarni o'qiy boshladi - ko'zguga qon tomizing deyilgan

Yona so'zlarni o'qib bo'lib darhol qarshisidagi yigitga qaradi. Uning yuzida hech bir emotsiya yo'q doimgidek sovuq.

- unda aytganingdek qilamiz - Taehyung shunday deb yonidagi qizni qo'lidan qattiq ushladi va yonidagi javonchadan kichik tig'li pichoqni chiqardi

- n-nima?? Yo'q! iltimos, iltimos bunday qilmang.. - qo'rqib ketgan Yona o'zini Taehyungdan olishga urinib tipirchilashni boshladi

- jim bo'l, biroz achishadi, so'ng.. o'tib ketadi - u shunday dediyu pichoqchani Yonaning qo'liga kirgazdi. Va qiz terisining har yerudan kesa boshladi. Afsuski Yonaning unga kuchi yetmasdi. Og'riqdan ingrayotgan qiz qattiq yig'lashni boshladi

- iltimos bas qiliingg..

- kechir.. lekin majburman, to'g'rirog'i.. majburmiz..

Sovuq va haybatli qasrni yana kichik qizning yig'i va faryod ovozlari qopladi. Biroz yorug'lik tushib turgan hona poliga ko'zgudan oshib to'kilayotgan to'q qizil rangdagi qon tomardi.


Episode 4 the end]

ā¤ļøā€šŸ©¹_To be continued_ā¤ļøā€šŸ©¹

Writer- Park Yona




Report Page