“O‘zbekiston turizm magistrali” turistlar uchun zamonaviy sharoitlar, shu jumladan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan.

“O‘zbekiston turizm magistrali” turistlar uchun zamonaviy sharoitlar, shu jumladan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoni 2-ilovasi, 7-bandiga muvofiq, “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab joylashgan turizm infratuzilmasi obyektlarida turistlar uchun zamonaviy sharoitlar, shu jumladan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Unga kora, 2021-2023 yillar davomida avtomobil yo‘llari bo‘ylarida viloyat bo‘yicha 11 ta sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish belgilangan hamda maqbul joylar manzilli ro‘yxatlari shakllantirilgan.

 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik sub‘ektlarini jalb qilgan holda avtomobil yo‘llari bo‘ylarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishini ta‘minlash hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha har chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma‘lumot taqdim etib borilishini ma‘lum qilamiz.

Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.




Report Page