Aaaaaaaa

Aaaaaaaa

Ravshan Burxonov

Nega Ingliz tilini o’rganishim kerak?

Biror bir ishni qilayotganingizda albatta “nega buni qilishim kerak?” degan savol uyg’onishi tabiiy. Chunki inson psixologiyasi shuday tuzilgan. Har doim, har qanday vaziyatda, har bir ishdan foyda ko’rishni hohlaydi. Bu esa juda ham ajoyib. Biror bir qilgan ishingizdan foyda olsangiz buning nimasi yomon?! Xo’sh, ingliz tilini siz nimaga o’rganishingiz kerak? Quyida men ingliz tilini o’rganishning bir qancha foydali jihatlarini sanab o’taman. Tayyormisiz? Unday bo’lsa qani ketdik.


Birinchidan, biror bir xorijiy tilni bilish o’z bilimlaringizni ikki karra oshirish va ikki karra mustahkamlash demakdir. Bugun bizning o’zbek jamiyatimizda jahonning fan va madaniyat sohasidagi ilg’or tajribalaridan foydalanish deyarli yo’q hisob. Ko’pgina mamlakatlar online o’qitish tizimiga o’tayotgan bir vaqtda biz hali ham maktab, kollej va universitetlarda mobil qurilmalardan foydalanishga taqiq qo’yib kelyapmiz. Bir o’ylab ko’ring, siz ingliz tilini juda zo’r bilasiz (aytaylik advanced darajasida), sizda jahonning hali o’zbek tiliga tarjima qilinmagan yangi adabiyotlaridan foydalanish imkoni paydo bo’ladi. Siz psixologsiz deylik, hamkasblaringiz hali hanuz eski usullardan yoki rus tilidan tarjima qilingan adabiyotlardan foydalanmoqda. Siz esa jahonning deyarli 90 % axboroti chiqadigan ingliz tilidagi yangi ko’nikmalardan foydalanib treninglar o’tkazmoqdasiz va mijozlarning 60 % ga egalik qilyapsiz. Demak ingliz tili, bitmas tuganmas daromad manbayi ekanda!


@english_club_uzb

Ikkinchidan, ingliz tilini bilsangiz jahonning eng ilg’or universitetlarida tahsil olishingiz mumkin. Hech bolaligingizda Cambridge, Oxford, Harvardda o’qishni orzu qilmaganmisiz?! Kinolardagi millionerlar o’qiydigan universitetlarni o’z ko’zingiz bilan ko’rib, anashu millionerlardan biri bo’lishnichi? Ingliz tilini o’rganish sizga anashunday imkoniyatni taqdim etadi. Buning uchun sizdan qunt bilan o’qish va xalqaro maqomga ega IELTS, TOEFL kabi sertifikatlarga ega bo’lish talab qilinadi halos. 

@english_club_uzb

Uchinchidan, til bilgan el biladi deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat siz ingliz tilini bilish orqali dunyoning istalgan burchagida qo’rqmasdan sayohat qilishingiz mumkin. Chunki dunyo aholisining aksariyat qismi ingliz tilini siz bilan suhbat qurish darajasida bo’lsada biladi. Inglizlarda bir ibora bor: “Agar sayohat tekin bo’lganda, biz siz bilan qaytib uchrashmagan bo’lar edik”. Sayohat qiling azizlar. Zero, yurgan daryo – o’tirgan bo’yra.

@english_club_uzb

, ingliz tilini bilish orqali o’zingizga mos yangi ishlar topishingiz mumkin. Aytaylik siz yaxshi dasturchisiz, O’zbekistonda sizga 6 mln maosh berishyapti. Nyu Yorkda esa sizning kasbingizga 10 ming $ to’lashmoqchi. Agar siz ingliz tilini bilsangiz bemalol Nyu Yorkka jo’nab ketgan bo’lardingiz-a?! Huddi shunday boshqa kasb egalari ham yaxshi mutaxasis bo’lsa, ingliz tilini bilsa chet ellarda badavlat yashashi uchun yetarlicha maosh beradigan ish o’rinlarini egallashi mumkin. 

Beshinchidan, yangi do’stlar orttirish mumkin. Bugun do’st degan tushinchaning qiymati kundan kunga ortib bormoqda. Sodiqlarini topish esa yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunchaki do’stlar orttirish ular bilan miriqib suhbatlashish yoki siringizni aytish uchun xorijlik do’st ayni muddao. Axir siz aytgan sirni u tanishlaringizga sotib qo’ya olmaydida! Xorijlik do’st orttirish esa zamonamiz uchun murakkab jarayon emas. Shunchaki ijtimoiy tarmoqlarga ulansangiz bo’ldi. Mening facebook ijtimoiy tarmog’ida ko’plab do’stlarim mavjud, ularning salmoqli qismini xorijliklarni tashkil etadi. Men bazi birovlari bilan xatto ishqiy munosabat ham o’rnatmoqchi bo’lganman!

@english_club_uzb

@english_club_uzb


Report Page