TDYU IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI BITIRUVCHILARI

TDYU IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI BITIRUVCHILARI

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali


🔷 Bitiruvchi 3-kursda Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarida ish o‘rganish amaliyoti tashkil etiladi;


🔷 Bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘quv yilining 2-semestrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida harbiy dala-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi; 


🔷Bitiruvchilarga “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha Filialni bitirganligi haqida belgilangan namunadagi ko‘krak nishonlar beriladi.


🔷 Bitiruvchilar ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, «leytenant» maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilinadi.


TDYU IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALIGA O'QISHGA QABUL QILINGAN SHAXS MAJBURIYATI!


❇️ Talabalar Filialda o‘qishni yakunlagunga qadar hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish bosqichlarida o‘rganishdan o‘tkaziladi;


❇️ Filialga o‘qishga qabul qilingan shaxsga Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi; 


❇️ Talabgor majburiyat shartlari hamda uning bajarilmasligi yuzasidan moddiy javobgarlik bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish jarayonida belgilangan shakldagi ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.

Report Page