aaa

aaa



 


Joriy yilning 2-noyabr kuni “Xususiy-huquqiy fаnlаr” kаfedrаsi o‘qituvchisi J. Raxmatillayev tomonidan 2-kurs G potok 2-guruh talabalari uchun “Oila huquqi” moduli doirasida Suqrot metodi va keys stadi metodini qo‘llagan holda “аliment majburiyatlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars mashg‘ulotida kuzatuvchi sifatida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Jalilov va o’qituvchisi Sh.Norov, “Davlat huquqiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Shonazarov, “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Anorboyev, va “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri falsafa doktori (PHD) M.Ziyadullayev, kafedra dotsenti (PHD) G.Xudoyberdiyeva, TDYU professor o‘qituvchilaridan B.Boymurodovlar qatnashdi.   Dars mashg‘ulotining kirish qismida:

1.    Talabalarning dars mashg‘ulotidagi ishtiroki tekshirildi.

2.    Talabalarga tarqatma materiallari tarqatiladi.

3.    Mavzuga oid flayer ko‘rgazmali materiallar talabalarga va kuzatuvchilarga  berildi.

4.     Taqdimot orqali mavzuga oid qisqacha maruza qilindi.

5.    Aliment majburiyatlari yuzasidan qonunchilikdagi oxirgi yangiliklar va boshqa huquq sohalari bilan uyg‘unligi haqidagi tushuntirishlar berildi.

6.    Aliment majburiyatlari mavzusiga oid ko‘rgazmali video roliklar taqdim etildi.


Asosiy qismda:

1.    Oliy Sud tizimida, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, Adliya Vazirligi tizimida, Advokatlar Palatasi tizimidan, “Madad” NNT huquqiy maslahat byurolaridagi tajribali huquqshunoslarning talabalar uchun videorolik tarzidagi yullangan savollar Suqrot metodi asosida  muhokama qilindi.

2.     Mavzuga oid qiziqarli nazariy savollarga talabalarning javobini tinglandi.

3.     Talabalarning mavzuga oid test ishlashi jarayoni tashkil qilindi.

4.     “ALIMENT” so‘zi harflari doirasida xorijiy mamlakatlardagi aliment majburiyatlari mavzusi yuzasidan malumotlar musobaqa tarzida guruhlar kesimida o‘tkaziladi.

5.     Mavzuga oid amaliyotdagi muommoli vaziyatlar doirasida masalalar muhokama qilindi va yechildi

Yakuniy xulosa qismida:

1.    Ochiq dars mashg‘ulotini natijasini ijobiy va salbiy tomonlari, erishilgan natijalar tahlil qilindi.

2.    Kuzatuvchilar va talabalar mashg‘ulotga doir fikri tinglandi.

3.    Talabalarni baholandi va talabalarga keyingi dars mashg‘uloti uchun vazifalar berildi.   


Report Page