Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurildi

Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurildi

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali


Millatimiz ruhi, milliy g'ururimiz – o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o'ttiz uch yilligi, «21-oktabr – O'zbek tili bayrami» munosabati bilan buyuk adib Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda 3-kurs G potok talabalari Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurishdi.


Abdulla Qodiriy uy muzeyi — 2019-yil dekabr oyida Toshekent shahri Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan.

Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻz ijodidan, o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A. Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, bu yerda gazeta va jurnallar, A. Qodiriy ijodi namoyon ettirilgan ilk kitoblar mavjud.

Muzey hovlisida haykaltarosh Bahrom Norboyev tomonidan mukammal ishlangan yozuvchi haykali oʻrnatilgan. Unda adib teran fikrda, bir qoʻlida kitob tutgan holda gavdalantirilgan.

Report Page