➜ @UzTv24 📰

➜ @UzTv24 📰


Oliy Majlisda to‘ylarni qisqartirish to‘g‘risidagi qarorlarning natija bermagani aytildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20-iyul, juma kuni “Oilaviy tadbirlardagi me’yor: muammo va yechim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda to‘y-xashamlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama qilindi.

Davra suhbatida ishtirok etgan deputatlarning fikricha, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan to‘y-ma’raka xarajatlarini qisqartirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar kutilgan natijani bermayapti.

Tadbirda aytilishicha, xalq bilan joylarda bo‘layotgan uchrashuv va muloqotlarda, shuningdek, parlamentga yo‘llangan ko‘plab murojaatlarda to‘y-ma’rakalarni tartibga keltirish masalasi takror ko‘tarilmoqda.

Tadbir Parlament quyi palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasi, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi. Tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar xodimlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda OAV vakillari qatnashdi.

➜ @UzTv24 📰

Report Page