UY SHAROITIDA ASALARILAR BOQISH.

UY SHAROITIDA ASALARILAR BOQISH.


Uy sharoitida asalari boqish

ASALARILAR ZOTI

Arilar zoti deb, shu yer iqlimi sharoitida yashayotgan ko’pchilik ari oilalarining tashqi ko’rinishi va yashash sharoiti bir xil ko’rinishga o’xshash bo’lib, ularning fiziologik va morfologik, shuningdek, foydali xo’jalik belgilari birbiriga o’xshash yoki bir avloddan ikkinchi avlodga o’xshashlik belgilarining o’tishi hamda shu sharoitga moslashgan ari turlariga aytiladi. Asalarichilikda shu paytgacha inson tomonidan birorta ham ari zoti yaratilmagan. SHunga qaramasdan tabiat iqlim sharoitiga moslashgan tabiiy ari zotlari bor. Mana shu tabiat saralab yetishtirgan ari zotlarini aborigen zoti deb ataladi. Avvaldan ko’p ming yillar ichida tabiat qonunlari bo’yicha tabiiy saralash oqibatida bir-biridan marfologik, biologik va xo’jalik ko’rsatkichlari hamda qit'alar, hududlar bo’yicha o’z nomini olgan aborigen asalari zotlari mavjudligi mutaxassislarga ma'lum. MDKH hududlarida quyidagi aborigen ari zotlari: “O’rta rus”, “Qo’ng‘ir Kavkaz tog‘ arisi”, “Sariq Kavkaz arisi”, “Karpat” arisi, “Ukraina cho’l arisi” va boshqa joydan keltirilgan arilardan “Italiya arisi” hamda Yugoslaviyadan keltirilgan “Krainka” ari zotlari tarqalgan. Kelib chiqishi bo’yicha karpat zoti deb atalgan asalari zoti oldinga yuz yillikdan to xozirgi kungacha O’zbekiston iqlim sharoitiga mos ari zoti bo’lgani uchun bir asr davomida butun O’zbekiston viloyat va tumanlarida shu zot arilari va ularning avlodlari boqib ko’paytirilmoqda. Ammo O'zbekiston sharoitida eng ko'p tarqalgan asalari zoti bu "Karpat" arilari hisoblanadi.

KARPAT ZOTI

Bu naslning vatani Karpat tog‘lari va vodiylari bo’lib, tashqi ko’rinish belgilari Krainka nasliga yaqin bo’lgan holda, tanasining rangi kulrang ko’rinishga ega. Urchimagan ona arisining tana vazni 185 mgr, urchigan ona arisining vazni 205 mgr ga teng bo’lsa, 1 kunlik ishchi arsining vazni 110 mgr ga teng, xartumchasining uzunligi 6,3–7,0 mm ga teng. Asal inchasining ustini oqish rangda quruq berkitadi. Arilari muloyim, ko’chga kam chiqadigan va qishga chidamli.

KARPAT ZOTI

Asalarilardan faqatgina asal orqali emas balki bir qator tabiiy mahsulotlar orqali daromad olsa bo'ladi. Jumladan:

Asal – asalari mahsuloti bo‘lib, eng foydali ne’matlardan biridir. Asalning tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan 80 % meva va uzum qandi bo‘ladi. Bu qandlardan tashqari oz miqdorda oqsil, temir, fos­for va boshqa moddalar bor. Bu moddalar suyaklarning o‘sishi va qonning normal yurib turishi uchun zarurdir. Asal organizmni mustahkamlaydi. Ayniqsa yosh bolalar uchun foydali. Asalning tarkibida juda oz miqdorda kislotalar, buyoq mineral hamda asalga maxsus xid beradigan xushbo‘y moddalar bo‘ladi.

Pad asal – bu o‘simlik shirasiga xech aloqasi bo‘lmagan, asosari hasharotlar mahsulotidir. Daraxtdagi bitlar va qurtchalar o‘z tanasidan juda ko‘p miqdorda shi­rin suyuqlik ajratadi. Ba’zi o‘simliklarning tanalari zaharlanganda chiqib turadigan shira hamda buzilgan meva shirasini ham asalarilar to‘playdi. Pad qiyom shirasini asalarilar ko‘proq kuzda, tabiatda gulshirasi kam bo‘lganida to‘playdi. Pad asalini qishlovga asalarilar uchun qoldirish yaramaydi, chunki qishlov vaqtida asala­rilarning ichini o‘tkazib yuboradi.

Propolis – yelimga o‘xshash yopipqoq moddadan iborat. Propolisning kelib chiqishi ilgan aniq o‘rganilmagan. Bu masalada ikki xil fikr yuritilgan. Birinchisi, asalari gulchang bilan ovqatlanganida chang po‘stlogida bo‘ladigan malhamga o‘xshash moddani qusadi va u modda mum bilan aralashib propolisni hosil qiladi. Ik­kinchi fikr – asalarilar yopishqoq yelimni daraxt tanasidan, kurtaklaridan oladi. Bu yelimga mum, gulchangi qo‘shib propolis yaratadi. Asalarining propolis ajrata­digan so‘lagi yo‘qligi aniqlanganligi uchun, asalarilar propolisni daraxtlar tanasidan, kurtaklaridan olish fikri to‘g‘ri deb hisoblanadi.

Ona suti – ishchi asalarilarining so‘lak bezlaridan ishlanib chiqadi.

Ona suti juda to‘yimli va tez xazm bo‘ladi. Ona asal­ari tuxum qo‘yib yo‘rganida, ishchi arilar ona arini yonida yurib hartuinchalari yor­damida uni oziqdantiradi. Ona suti tibbiyot va kosmetikada keng ishlatiladi. Ona sutini yig‘ish ancha noqulayliklar yaratadi. Uni yig‘ish uchun normal oilaning ona arisini olib yetimlatish kerak. Yetim oila onadonlar ko‘rishga kirishadi. Onadondagi qurtchani boqish uchun qo‘yilgan sutni kichkina oyna qoshiqcha bilan olib qoraytirilgan oynali idishga solinadi.

Mum mahsulotining 80 foizi sun’iy mumparda tayyorlash uchun ishlatiladi. Qolgan taxminari 20 % ini xalq ho‘jaligida ishlatiladi. Olinish usuliga qarab mum: arizor mumi, presslangan mum, ekstraksion va oqartirilgan xillarga bo‘linadi. Eng oliy nav – arizor mumi hisoblanadi.

 ASAL, bol — ishchi asalarilar o‘simliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yo‘li b-n hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga o‘zlari uchun oziq qilib g‘amlaydi. Asal o‘z tarkibiga ko‘ra nektardan farq qiladi. Asalda 80% dan ko‘proq uglevodlar (glyukoza, fruktoza), 0,4% kul, 13-20% suv bo‘ladi. Asalda inson uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: kalsiy, natriy, kaliy va b.; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, S, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbaiga ko‘ra gul (nektar) asal va shira (o‘simlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asalga bo‘linadi. Guldan olingan asal ham o‘simlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, g‘o‘za va b.ga ajraladi. Asal o‘zining ta’mi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday o‘simlik gulidan yig‘ilganligiga va joyi (tog‘, o‘rmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi asal – tog‘ asali, chunki u turli dorivor gullardan yig‘iladi. Oq akatsiya, beda, olma, shaftoli va b. O‘simliklar gulidan to‘plangan asal ham sifatli, oftob kam tushadigan o‘rmon gullari va etishgarishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika o‘simliklari, mas, fa, kanopdan olingan asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mumkataklardan maxsus asalajratkich moslamalar b-n ajratib olinadi. Asal Qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning 1 kg da o‘rtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan doridarmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli doridarmonlar ishlab chiqariladi. Asalning o‘zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. 20-asrning 60- yillaridan boshlab tibbiyotda asal b-n davolash usullari - apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

ASAL SIRKASI — asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo‘y hidi keladi. Asal sirkasini tayyorlash: 10 litr yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo‘yiladi. Bijg‘ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo‘shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.

ASALARI ELIMI, propolis – yumshoq, yopishqoq, xushbo‘y, nordon, sarg‘ish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavo-noidlar, kumarinlar, polisaxaridlar va b. moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo‘shiladi.

ASALARI ZAHARI, apitoksin (lot. apis — asalari, yun. toxikon — za-har) — ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan o‘tkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. A.z. tarkibida biol. faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va b. moddalar bor. A.z. tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvdatez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2—0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, og‘riq qoladi, shish paydo bo‘lmaydi. A.z.dan tibbiyotda radikulit va bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida A.z. bo‘lgan dorilar qo‘llaniladi. Bu preparatlardan bronxial astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin. Bod va radikulitni davolashda tarkibida A.z. bo‘lgan virapin (1 g virapinda 0,15 mg A.z. bo‘ladi) surtma holida qo‘llaniladi. Tarkibida A.z. bor dorilardan qon tomirlarini kengaytirish va moddalar almashinuvini yaxshilashda foydalaniladi.

ASALARI MUMI — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yog‘simon suyuqlik. As.m. mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali tashqariga chiqib, havo ta’sirida qotadi va och sariq plastinka ko‘rinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kungacha bo‘lgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mavsum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum i.ch.i mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar bo‘lgan murakkab aralashma bo‘lib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yog‘ kislotalari, uglevodorodlar va b.dan iborat. Mum vitaminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72° da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.



"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Qibray tuman filiali

Shaxzod Xudaynazarov


Report Page