TOVUQ

TOVUQ

t.me/ykfoundation

Tibbiyot mutaxassislarining ta’­ kidlashicha,­ inson sog‘lom bo‘lishi uchun bir yilda o‘rtacha 10 kilo-gramm parranda go‘shti va 121 dona tuxum iste’mol qilishi zarur. Chunki ular parhez mahsulotlari hisoblanib, inson organizmi uchun juda foydali­ dir.

Tovuq zotlari va krosslarini tanlash. Aholi xonadonlarida tu­ xum yo‘nalishidagi Lomann (Germaniya), Dekalp, Xayseks (Gol-landiya), Xay-Layn (AQSh) va Rodonit–3 (Rossiya) zotlarini boqish mumkin. Hozirda bozorlarimizdagi tuxumlarning 70 foizi Lomann zotlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular jigarrang, oq va och kulrang bo‘lib, ushbu zotli parrandalardan uy sharoitida bir yilda 270 donagacha tuxum olish mumkin.

Broyler (inglizchada olovda qovurish degani) tez yetiladigan go‘shtdor jo‘ja. Uning go‘shtidan asosan parhyez taomlar tayyorla-nadi. Broyler go‘shti olish uchun jo‘ja qisqa muddatda yetarli da-rajada semirtiriladi. Buning uchun og‘ir vaznli va tez yetiladigan Ross–308, Kobb, Xabbord F–15 broyler krosslaridan foydalaniladi.

  Broyler jo‘jalari esa go‘sht yo‘nalishida boqilib, 38–42 kunda ti­ rik vazni 2,3–2,5 kg. ga yetadi. Go‘sht uchun yetishtirilgan broyler jo‘jalar texnologiya bo‘yicha 1–2 kun ichida so‘yilishi shart. Bu fursat cho‘zilib ketsa, ular tirik vaznini tezda yo‘qotadi. Shu bois, broylerlarni boqish vaqti eng ko‘pi bilan 5–6 haftani tashkil etadi.

  Parranda go‘shti tez hazm bo‘lish xususiyatiga ko‘ra barcha turdagi chorva mollari go‘shtidan ustun turadi. Tarkibi har xil kimyoviy elementlarga boy. 2 oylik jo‘ja go‘shti tarkibida 20 foiz-ga yaqin oqsil, 10–12 foiz yog‘ bo‘ladi. Broyler jo‘jasi go‘shtining hazm bo‘lish koeffisienti 85-90 foizga teng.

Parvarishlash. Parrandalar qo‘lbola kataklarda yoki yerda bo-qiladi. Ular, asosan, quruq aralash yemlar bilan oziqlantiriladi. Bir bosh tovuq uchun bir yilda o‘rtacha quyidagi miqdorlardagi aralash yem talab etiladi (kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradiganlari uchun – 50 kg; go‘sht olinadiganlari uchun – 65 kg; 2 oygacha bo‘lgan broyler jo‘jalar uchun – 4,7 kg; tuxum olishga mo‘ljallan-gan 5 oylikkacha­ jo‘jalar uchun – 11,8 kg.

Jo‘ja ochirish uchun tuxum olishda 8–12 ta tovuqqa 1 ta xo‘roz qo‘yiladi. Xo‘rozlar 2–3 yil saqlanadi. Tovuqlar tomorqadan chiqa­ digan bug‘doy qoldiqlari, makkajo‘xori, sabzavot mahsulotlari, qovun-tarvuz puchoqlarini tanlamasdan yeydi.

MENYUGA QAYTISH.


Report Page