"Samarkand International School" xususiy maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 1-2-sinf o'quvchilari uchun sovrinli test.

"Samarkand International School" xususiy maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 1-2-sinf o'quvchilari uchun sovrinli test.



KHISO olimpiada maktabi, “Samarkand International School” maktabi hamda “Malika Education” o’quv markazi hamkorligida tashkil qiladigan

Matematika va Ingliz tili yo’nalishlaridagi olimpiadani o’tkazish 

NIZOMI

1-bob umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom maktab o‘quvchilari o‘rtasida Matematika, va Ingliz tillari fanidan o‘quvchilar bilimini aniqlash va fanga qiziqishini oshirish uchun tashkil etiladi.

2. Olimpiadada Xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin.

2-bob olimpiadaning asosiy maqsadi va vazifalari

2.1 Olimpiada orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son va “Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʼrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarorlarining bir qancha bandlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli qarorida keltirilgan matematika sohasida ilm fanni rivojlantirish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, Prezident qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash.

2.2 Ta’lim oluvchilarning kasbiy rivojlanishini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

2.3 Ta’lim oluvchilar orasidan Matematika va Ingliz tili fani bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish.

2.4 Olimpiada orqali maktablarda fanlarning sifatli o‘qitilishini ta’minlashda maktablararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yutuqlarini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish.

3-bob olimpiadani o‘tkazish tartibi

3.1 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 3-sinfdan 11-sinfgacha o‘quvchilari Matematika, va Ingliz tili fanidan ishtirok etadi.

3.2 Olimpiada 1-bosqichda bo’lib, joriy yilning 17-avgust kuni soat 10:00 da Samarqand viloyati Kattaqo’r’gon shahrida “Malika Education” o’quv markazida o‘tkaziladi.

3.3 O‘quvchilarga 60 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.Shulardan 30 ta matematika va 30 ta Ingliz tilidan savollar beriladi. Uni bajarish uchun 2,5 soat (150 daqiqa) vaqt ajratiladi. 

3.4 G‘olib o‘rinlarga nomzod ishtirokchilar bir nechta bo‘lib qolgan taqdirda, qiyin topshiriqlardagi yuqori natija qayd etgan ishtirokchi ustunlikka ega, bu qismi bo‘yicha ham tenglik kuzatilsa o‘rta qiyinlikdagi topshiriqlardan ko‘p ball egallagan ishtirokchi ustunlikka ega bo‘ladi. Har uchala qism bo‘yicha ham ballar tengligi kuzatilsa, u holda nomzodlarga qo‘shimcha 3 ta ochiq test shaklida topshiriqlar taqdim qilinadi va g‘olib aniqlanadi.

3.5 Olimpiada materiallari tashkili qo‘mita tomonidan yuqori malakali amaliyotchi o‘qituvchilarni jalb etgan holda ishlab chiqadi va maxfiyligi ta’minlangan holda olimpiada jarayonida qo‘llaniladi.


5-bob hakamlar hay’ati

5.1 Barcha ishtirokchilarning ishlari yig‘ib olingandan so‘ng, ballar o‘zgargan holatlar mavjud bo‘lsa, shu asosida yakuniy qaror shakllantiriladi hamda yakuniy qaror barchaga e’lon qilinadi.

5.2 Hakamlar hay’ati tomonidan bajarilgan ishlar baholash mezoniga muvofiq adolatli baholanadi, o‘quvchilarning egallagan ballari umumlashtiriladi va yakuniy dalolatnoma tasdiqlangan holda tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi.

6-bob olimpiada g‘oliblarini taqdirlash

6.1 Olimpiadaning har bir yo’nalish bo’yicha eng yuqori natijaga erishgan faqat bir nafar ishtirokchiga Oliy Sovrin SMART_TV beriladi.


6.2 Olimpiadada yo’nalishlar quyidagicha 


3-4 sinf 1-yo’nalish (Oliy o’rin+1-2-3 o’rin) 

5-6 sinf 2-yo’nalish  (Oliy o’rin+1-2-3 o’rin)

7-8 sinf 3-yo’nalish  (Oliy o’rin+1-2-3 o’rin)

9-10 sinf 4-yo’nalish (Oliy o’rin+1-2-3 o’rin)


Har bir yo’nalishda eng kamida 100 nafar ishtirokchi ishtirok etganda OLIY O’RIN tadbiq etiladi. Ishtirokchilar soni 100 nafardan kam bo’lganda Oliy o’rin tadbiq etilmaydi.


MALIKA EDUCATION 2, [20.06.2023 9:35]

6.3 Sinflar kesimida 1,2,3-o‘rinni egallagan g‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari hamda “Samarkand International School” xususiy maktabi uchun quyidagi tartibda VAUCHER lar beriladi.

1-o’rin 7 000 000 so’m

2-o’rin 5 000 000 so’m

3-o’rin 3 000 000 so’m

6.4 1-2-3-o’rinlardan tashqari kuchli 10 talikka kirgan barcha o’quvchilarga 1 500 000 so’mlik Vaucherlar taqdim qilinadi.

Report Page