SIGIR

SIGIR

t.me/ykfoundation

       Zotni tanlash. Eng avvalo, sutdor sigirni tanlash kerak. Tan-lashda sigirning tashqi ko‘rini­ shiga emas, balki zotdorligiga e’tibor berish lozim. Chunki zotdor sigirlar jaydari va nasl-sizlariga qaraganda ko‘p sut beradi.

Respublikamizda sut yo‘nalishidagi­ qoramol zotlariga qo-ra-ola (jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq, yelini katta), qizilcho‘l (tusi qizil, boshi va tanasida oq qashqasi bor), bushuyev (tusi oq, quloq va tumshuq atrofi qora yoki qizil) va shvits (tusi qo‘ng‘ir, tanasi ixcham, yelinlari kichik) zotlari kiradi. Sigirning qora-ola zoti sut mahsuldorligi bo‘yicha yetakchi hisoblanib, ular­ ning tirik vazni o‘rtacha 460–500 kg, 305 kunlik sog‘in davrida-gi sut mahsuldorligi 3800–4500 kg, sut tarkibidagi yog‘ 3,6–3,7 foizni tashkil etadi.

Qizilcho‘l zotli qoramollar yurtimizning issiq iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan. Sigirlarning o‘rtacha tirik vazni 450–500 kg, sog‘in davridagi sut miqdori 3200–3800 kg atrofida, suti tarkibida-gi yog‘ – 3,7–3,8%.

Respublikamizda yaratilgan sut yo‘nalishidagi bushuyev zotli qoramollar asosan Sirdaryo viloyati xo‘jaliklarida parvarishlanadi. Ular quruq iqlimga yaxshi moslashgan, qon kasalliklarga chidam-li. Tirik vazni o‘rtacha 450–500 kg, sog‘in davridagi sut miqdori 3200–3600 kg, suti tarkibidagi yog‘ – 4–4,1%.

Shvits zotli qoramollar sut-go‘sht yo‘nalishidagi zot bo‘lib, si-girlari yaxshi darajadagi sut miqdori va sutining yog‘liligi, yosh buzoqlarining tez o‘sishi, uzoq foydalanish muddati va boshqa ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Sigirlarning o‘rtacha tirik vazni 470–520 kg, sog‘in davridagi sut miqdori 3800–4400 kg, su-tining yog‘liligi 3,7–3,8%.

Parvarishlash. Xonadon egalari avvalo qoramollarni to‘yim-li oziqlantirishga ahamiyat berishlari zarur. Sigirlarning kunlik berayotgan sut miqdori, tirik vazni, yoshini hisobga olgan holda omixta yem, sheluxa, kepak, silos, xashak, qovun-tarvuz po‘choq­ lari hamda protein, mineral modda va vitaminli boshqa ozuqalar bilan me’yorida boqiladi.

Xonadon sharoitida sigirlar asosan ikki mahal, ya’ni ertalab va kechqurun sog‘iladi.

Sigirlardan uzoq yillar davomida foydalanib turish uchun ular-ni nafaqat o‘z vaqtida qochirish, balki bo‘g‘oz sigirlarni sutdan chiqarib, keyingi tug‘ishga tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo‘g‘oz sigirlar tug‘ishiga 50–60 kun qolgan da sutdan chiqariladi va ularga dam beriladi. Aks holda sigirning organizmidan sut bilan birga ko‘plab miqdorda to‘yimli moddalar chiqib ketadi, u zaiflashadi va tug‘ishda qiynaladi.

  DIQQAT! Buzoq tug‘ilishi bilan og‘iz-burnidagi shilimshiq sochiq bilan artiladi, tug‘ilganda kindigi uzilmagan bo‘lsa qorin tomondan 10–12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, so‘ngra onasi oldiga qo‘yiladi. Esingizda bo‘lsin, buzoq birinchi hafta ichida faqat og‘iz suti bilan boqiladi.

  Sigirlar yozda ochiqda, qishda esa og‘ilxonada saqlanadi va bo-qiladi. Og‘ilxonada oxurlar va go‘ngni tashlaydigan mahsus tuy-nuk bo‘lishi darkor. Bu bino doimo quruq bo‘lishi, mollarning tagi shaltoqdan doimiy ravishda tozalab turilishi lozim.

Sigirlarni sun’iy qochirish. Shuni esda tutish lozimki, sigirlar-ni sun’iy qochirish zotni yaxshilashning eng qulay usulidir. Sun’iy qochirish zotdorligi past mol va uning bir necha avlodida amalga oshirib borilsa molning nasli yaxshilanib, zotdorligi va sutdorligi oshadi, undan kelgusida naslli buzoqlar olinadi.

Sigirlarni sun’iy qochirish uchun hududda joylashgan zooveteri­ nariya shoxobchasiga murojaat etish darkor.

Menyuga qaytish.

Report Page