"Raqam tanlash" xizmati endi yanada qulay!

"Raqam tanlash" xizmati endi yanada qulay!

ucell.uz


Endi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini tanlash va oldindan buyurtma berishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi.

Yangi “Raqamni yetkazib berish” opsiyasi bilan Toshkent shahrining istalgan nuqtasiga raqamni yetkazish uchun buyurtma rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

"Raqam tanlash" xizmati endi yanada qulay!

Qolaversa, saytimizdagi yangi interaktiv xarita yordamida o‘zingizni qiziqtirgan istalgan kompaniya ofisi va dilerlik punkti joylashgan nuqtani topishingiz mumkin.

Komaniya rasmiy xizmat ko'rsatish ofislari va dilerlik nuqtalarining joylashish xaritasi

“RAQAMNI YETKAZIB BERISH” XIZMATINI TAQDIM ETISH TARTIBI

  • Faqat Toshkent shahri ichida yetkazib beriladi;
  • Xizmat “SYSTEM TRADE GROUP” XK dileri (keyingi o‘rinlarda – Diler) tomonidan taqdim etiladi;
  • Dilerning ushbu xizmatidan foydalanish uchun, raqam tanlash bo‘limida “Raqamni yetkazib berish” opsiyasini tanlash, bog‘lanish uchun ma’lumotlarni kiritish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat turini tanlash lozim bo‘ladi;
  • Kompaniya saytida raqam tanlashni tasdiqlash kerak;
  • Bildirishnoma kelganidan keyin, ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan raqamga Diler SMS orqali maxfiy kodni jo‘natadi;
  • Abonent Dilerga raqam tanlanyotganida ko‘rsatligan shaxsni tasdiqlovchi hujjat fotonusxasini taqdim etishi hamda SMS orqali kelgan kodni aytishi lozim;
  • Shartnomaning ikki nusxasi abonent imzo qo‘yishi uchun, shartnomada abonentning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshirish tavsiyasi bilan jo‘natiladi;
  • Agar shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bo‘lmasa, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami Dilerga taqdim etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamiga to‘g‘ri kelmasa, abonentga ulasnishda rad javobi beriladi;
  • Abonent ikkala nusxani ham o‘z qo‘li bilan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning tegishli jadvalidagi imzoga muqobil imzolashi kerak;
  • Diler to‘lovni qabul qiladi va abonent shartnomani imzolaganidan keyinoq fiskal chek bilan shartnomaning bir nusxasini hamda faollashtirilgan SIM-kartani beradi;
  • “Raqamni yetkazib berish” xizmati va narxlari Diler tomonidan belgilanadi. Xizmat taqdim etilishi sifatiga Diler mas’ul hisoblanadi. Xizmat haqida batafsil ma’lumotlarni abonent +998 71 120 88 88 raqami yoki http://arba.uz/shipping-n-payment/ havolasi orqali olishlari mumkin.
  • Kompaniya saytida Diler tomonidan taqdim etiladigan “Raqamni yetkazib berish” xizmati haqidagi barcha ma’lumotlar axborot sifatida berilgan. Zarur ma’lumotlarni Diler saytidan olish mumkin: http://www.arba.uz/.

Batafsil

Report Page