REPORTAJ

REPORTAJ

[TO'RABOYEV BEHZODJON]
REPORTAJ


REPORTAJ

Axboriy publitsistikaning asosiy janrlaridan biri reportajdir. Reportaj so'zi lotincha reportare - yetkazib berish degan ma'noni bildiradi. Reportaj - voqea, xodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farqi shuki, xabarda hayotdan olingan fakt, voqea, xodisalar umumiy, ya'ni qayd etish tarzida bayon etilsa reportajda fakt, voqea va xodisalar haqida bevosita, o'sha voqea, xodisa bo'lib o'tayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan to'g'ridan-to'g'ri xabar beriladi, boshqacha qilib aytganda hayot voqealari qayd etilmaydi, balki xarakatda, jonli tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri bilan shug'ullanuvchi, ya'ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni reportyor (yoki sharxlovchi) deyiladi.

Reportaj axborotning o'ziga xos, jonli ko'rinishi bo'lganligi boisidan unda axborot berish, xabardor qilish bilan bir vaqtda tasvirlash, taxlil qilish, xulosa chiqarish kabi xususiyatlar ham mavjud. Ya'ni, reportajda xabar, xisobot janrlarining ko'rinishlari ham o'z ifodasini topadi. Shu bilan bargalikda unda fakt, voqea va xodisalar haqida ularning ishtirokchilaridan so'rab-surishtirish, fikrlarini bilish ham talab etiladi. Bu esa reportajda suxbat (intervyu) janri xususiyatlari ham bo'lishini ko'rsatadi. Voqea, xodisalar haqida

bevosita, to'g'ridan-to'g'ri xabar berish, tasvirlash talabi esa mazkur janrda badiiy adabiyotning hikoya janriga xos bo'lgan tasviriy vositalar ham qo'llanilishini talab etadi. Bu esa o'z navbatida jurnalistika bilan adabiyotning bir-biriga yaqinligi, ikkalasi ham hayotni tasvir etishda so'zda foydalanishidan kelib chiqadi. Ammo jurnalistikaning boshqa janrlari kabi reportajning bosh xususiyati, unga qo'yiladigan asosiy talab uning publitsistikligidir. Jurnalist (reporter) reportajida avvalo jamiyatning shu kuni, ayni zamoni uchun ijtimoiy ahamiyatli fakt, voqea va xodisani tanlab oladi hamda unga shu kun, ayni zamon nuqtayi nazaridan yondoshadi, tasvirlaydi, taxlil qiladi va jamiyat uchun zarur, kerakli publitsistik xulosalar chiqaradi. Bu esa reportajda axboriy, xabardor qilish xususiyati bilan birlikda unda ma'lum darajada taxliliy tomonlari ham borligini kursatib turadi. Ya'ni, reportaj sharx bilan yaqin turganligi boisidan reportyorlarni sharxlovchilar ham deb yuritiladi.

Reportaj jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy- ishlab chiqarish va madaniy-ma'naviy hayotining barcha soxalarini qamrab olishi, o'zida aks ettirishi mumkin. Ya'ni, reportaj muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar yuz berayotgan joylardan, paxta dalalaridan, sanoat korxonalaridan olib borilishi, ommaviy madaniy-ma'naviy tadbirlar, masalan, bayramlar, sport musobaqalari haqida xikoya qilishi mumkin. Shu bilan birgalikda reportaj kundalik, oddiy voqealar xaqida emas, o'z ijtimoiy axamiyati jixatidan yangilik bo'lgan, endi voqe bo'layotgan ijtimoiy xodisalarni aks ettiradi.

Reportaj aks ettirayotgan ob'ekta nuktayi nazaridan voqiy reportaj, mavzuviy (tematik) reportaj, muammoli reportaj, reportaj - sharx kabilarga bo'linadi. Voqiy (vokeaband)reportaj hayotda yuz bergan biror muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy-ma'naviy voqea va xodisa haqida hikoya qiladi. Bunga mamlakat hayotida yuz bergan muxim ijtimoiy- siyosiy xodisalar — parlament majlisi, hukumat raxbarlarining rasmiy safarlari va uchrashuvlari, yirik anjumanlar haqdagi reportajlar misol bo'la oladi. Shuningdek mamlakat hayotida yoki chet ellarda yuz bergan muxim favqulodda xodisalar - urush ko'rinishlari, terroristik xodisalar, tabiat xodisalari va boshqalar haqidagi reportajlar ham shu turga kiradi.

Mavzuviy reportajlar esa ma'lum mavzuga bag'ishlangan bo'ladi. Masalan, jurnalist (reporter) jamiyat hayotidagi biror bir mavzu, masalan, biror shifoxonaning faoliyati, ilmiy muassasalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, yoki bolalarning yozgi dam olishlari kabi va boshqa mavzularni o'rganib, o'sha joylardan reportaj olib borishi mumkin.

MENYU

Report Page