Viktorina qoidalari
Hilol dasturlari✅ Viktorinalarda ishtirok etish uchun @hiloltanlovbot botimizdan roʻyxatdan oʻtish kerak. Bunda ishtirokchining ismi, familiyasi, «Hilol eBook» dasturidagi logini va telefon raqami kiritiladi.
✅ Botda Yutuqli viktorina va Viktorinalar boʻlimlari mavjud. Yutuqli viktorina boʻlimida endi oʻtkaziladigan yutuqli viktorinalar oʻynaladi, Viktorinalar boʻlimida esa namunaviy va oldin oʻynalgan viktorinalarni istalgan vaqtda ishlash mumkin.
✅ Yutuqli viktorinada ishtirok etish uchun viktorina boshlanish vaqtigacha Yutuqli viktorina boʻlimidagi 🏆 Yutuqli viktorinalarga obuna boʻlish tugmasini bosib, obuna boʻlinadi va viktorinaga obuna boʻlganlargina unda ishtirok eta olishadi.
✅ Viktorina boshlanishi bilan barcha obuna boʻlganlarga test yuboriladi.
❗️ Viktorina boshlangach, unga obuna boʻlmaganlar bu viktorinada ishtirok eta olishmaydi.
Viktorinalar 20 ta testdan iborat. Har bir testni ishlash uchun maksimal 1 daqiqa vaqt beriladi.
Yutuqli viktorinada quyidagilarga eʼtibor berish kerak:
✅ Eng kam vaqt sarflab, eng koʻp toʻgʻri javob topgan 10 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
❗️ Sovrinli viktorinaga bittadan koʻp profildan qatnashish, kitob, internet yoki odamlardan yordam olish mumkin emas. Bitta oilada yashovchilar ham bir-birlariga yordam berishlari mumkin emas.
❗️ Javoblarni yaxshi oʻylab belgilash kerak. Bot adashib bosib yuborilgan javobni ham qabul qiladi.
❗️ Ogohlantirish: endi yutuqli viktorinada ishtirok etish uchun har safar yangidan obuna boʻlish kerak.