Qanday qilib ishda o'z obro'yingizni oshirishingiz mumkin?

Qanday qilib ishda o'z obro'yingizni oshirishingiz mumkin?

Sayyora

Zamonaviy, ilg'or ishxonalarda samarali faoliyat yuritish uchun boshqalarga ta'sir o'tqiza olishingiz zarur. Sizning rasmiy lavozimingiz har doim ham bu ishni qilishga, insonlarni boshqarishga yetarli bo'lmasligi mumkin. Shunday ekan qanday qilib o'zingizni norasmiy Liderga aylantirishingiz mumkin? Qanday qilib hamkasblaringizni o'zingizga qaratishingiz va sizning fikrlaringizni qo'llab-quvvatlashga undash mumkin. 

@economicsuz


Ekspertlar nima deydi?


Dori Klark, o'zining "Shaxsiy rebrending" asarida ish joyda o'z obro'siga ega bo'lish - haqiqiy boylik deb yozadi. "Siz ko'proq ishlashingizga to'g'ri keladi, siz shug'ullanishingiz, qayg'urishingiz kerak bo'ladiga loyihalar paydo bo'ladi", bu shuni anglatadiki "sizda samarali bo'lish, rag'batlanishlarni olishning imkoni yaraladi." Nika Morgen "Ta'sir signallari" asarida esa Obro'ning oshib borishi hamkorlikka asoslanadi. Ayniqsa, hech qachon hozirgi vaqtdagi kabi insonlarga ta'sir ko'rsatish qiyin bo'lmagan. Ko'plab ka'lumotlar insonlarga yuklanadi, bu esa ularning konsentratsiya, ya'ni e'tiborining susayishiga olib kelmoqda.


Aloqalarni o'rnating 


Bu maktabdagi kabi mashhurlikka ko'tarilish degani emas, ammo bu boshqalarni biz uchun nimadir qilishga undashning, fikrlaringizga qo'shilishlarining eng asosiy yo'li, chunki ular "sizni yoqtiradi". To'g'ri, bu sizning avtovetetingizga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin, ammo "hamkasblaringizning sizni eshitishiga imkon" yaratadi. Shuning uchun, hamkasblaringiz bilan shaxsiy aloqalar ustida ishlang va ularni siz haqingizda bilishiga imkon bering.


Hayratda qoldirishdan oldin, eshiting!!!


Hamkasblarning ko'magini olishning eng oson yo'li bu ular e'tiborda ekanligini va eshitilayotganini his qilishga imkon yaratishdir. Dastlab, bitta-bittadan ularga vaziyatga qarab e'tibor qarating. Ko'pchiligimiz faqatgina o'z ishlarimiz bilangina bandmiz, faqat o'z ishlarimiz ro'yxati bilangina yuramiz. Biz juda jahldor bo'lib qolamiz, o'z fikrlarimiz bilan smartfonimizga e'tibor beramiz. Buning o'rniga esa "e'tiborimizni jilovlashni mashq qilishimiz" zarur. Buning uchun, "suhbatdoshingizga e'tibor bering va yaxshilab eshiting". Klark tasdiqlaganidek:"Ish joylaridagi asosiy muammolar bir-birini hurmat qilmaslik va e'tibor qilmaslik oqibatida yuzaga keladi".


Harakatlaringiz va toningiz haqida o'ylang


Odamlar doimo sizga ishonish mumkinmi deya sizni baholashadi:"Bu odam menga dushmanmi yoki do'st? Meng zarar yetqazishga harakat qilyaptimi yoki u bilan bir tomondamizmi?"

Harakatlaringiz juda muhim ahamiyatga ega. To'g'ri turish va yelkalarni keng tutish o'zingizga bo'lgan ishonchni ortiradi. 


Yangi tajribalarga ega bo'lish


Ishda obro'ga ega bo'lishning boshqa yo'li "tan olingan mutaxassis" bo'lishdir. Bu yolg'izlikda amalga oshirilmaydi, ammo siz kerakli bilimga ega bo'lishga va Biznes uchun kritik tajribaga ega bo'lishga harakat qilish kerak. Buning doimo izlanishda bo'lishingiz, turli yig'ilishlar va konferensiyalarda qatnashishingiz, yoki professional kurslarga yoziloshingiz mumkin.


Nimani xohlashsa, shuni bering


Ta'siringizni ma'lum bir yo'l bilan, kimga nima xohlasa shuni berish bilan erishish mumkin. O'z tomoningizda ko'rishni xohlaydigan insonlar qiziqishlarini o'rganing! Ma'lumki, barchada "Mendan unga nima foyda?" degan savol bo'lishi aniq. Va siz " tashkilot uchun foyda keltirish"ga harakat qilayotganingizni ko'rsating.


Xulosa

Nima qilish kerak:


- Hamkasblar bilan yaxshi aloqa!

- Ularni tushuning!

- Ekspert ravishda harakat qiling!


Nima qilmaslik kerak:


- Manipulyatorga aylanmang!

- Bukchaymang!

- "Men" so'zini ko'p ishlatmang!


@economicsuz 


Report Page