QUYON

QUYON

t.me/ykfoundation

Aholi xonadonlarida qu­ yon asosan go‘shti va mo‘ynasi uchun boqiladi.

 Quyon tez yetiladi va ko‘payadi, shu bois undan qis-qa vaqt ichida ko‘plab parhez go‘sht olish mumkin. Yiliga  ona-bola quyon hisobiga 70–80 kg go‘sht va 25–35 dona mo‘yna olish mumkin.

Quyon go‘shti tarkibida oqsil ko‘p, xolesterin kam bo‘lganli-gi tufayli bolalar, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, osh­ qozoni kasallangan va yurak-tomir kasalligiga chalingan kishilar uchun juda foydalidir. Eng muhimi, bir kilogramm quyon go‘shti yetishtirish shuncha qo‘y yoki qoramol go‘shti yetishtirishga nis-batan kam xarajatlidir.

Quyondan juda mayin va nozik tivit olinadi, undan sharf, ro‘mol, sviter, beretka, paypoq va boshqalar to‘qiladi. Shuningdek, quyon terisidan qo‘lqop, sumka, yengil oyoq kiyim ham tayyorlanadi.

  Quyon zotlari. Hozirgi vaqtlarda respublikamizda oq velikan, kulrang velikan, Rossiya morderi, shinshila, kapalaksimon, olma­ xonsimon, kumushsimon, qora qo‘ng‘ir, vena zangori va boshqa zotli quyonlar boqilmoqda.

Parvarishlash. Quyon boqiladigan joy zax va nam bo‘lmasligi kerak. Quyon boqib, ko‘p daromad olish uchun birinchi navbat da serpusht ona quyonlar sonini ko‘paytirish lozim. Shundagina mahsulot (go‘sht, tivit, mo‘yna) ning tannarxi arzonga tushadi va sifati yaxshilanadi. Quyon bolalari 60–65 kungacha onalarini emi­ zib boqiladi va vazni 1,8–2,2 kg. ga yetishi bilan go‘shtga so‘yila-di. Quyonning­ 1 kg semirishi uchun o‘rta hisobda 3–3,5 kg oziqa birligi sarflanadi. Semirtirilgan quyonlarning go‘sht chiqimi 50–60 foizni tashkil etadi.

Go‘shtga so‘yiladigan quyonlarning tirik vazni o‘rta hisobda 3–4 kg bo‘ladi. Yangi tuqqan quyon kuniga 4–5 marta oziqlana-di. Asosan ko‘k ozuqalar, jumladan, ko‘k beda, makkajo‘xori, bug‘doy, qoqio‘t, qo‘ypechak, poliz ekinlarining bargi, daraxt shoxlari, olma, tol va tok novdalarini xush ko‘rib yeydi. Quyon-larga suyak uni, bo‘r ishlatilgan ohak, kartoshka, sabzi, lavlagi, no‘xat doni, arpa doni va qo‘shimcha ravishda ovqatiga makro-elementlar qo‘shib beriladi. Quyonlarga beriladigan ozuqalarning 70 foizini konsentrat ozuqalar tashkil qiladi. Quyonlar suli, ar-pani ham iste’mol qiladi. Arpa quyonlarga namlangan yoki shi-rali ozuqalarga aralashtirilgan holda yediriladi. Bo‘g‘oz quyonlar parvarishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. Ularning ratsioni-ni tinchlik davridagiga nisbatan bo‘g‘ozlik davrining boshida 30 foiz, oxirida esa 70 foiz ko‘paytirish kerak. Quyonlardan olinadi-gan mahsulotlarning sifati va salmog‘i ularni saqlash sharoitiga bog‘liqdir. Quyonlarni kataklarda saqlash zarur. Chunki katak-larda saqlangan quyonlarda kasallik kam uchraydi va mikroiqlim yaxshi bo‘ladi. Har bir katakning maydoni 0,5–0,7 m2dan kam bo‘lmasligi kerak. Katakning o‘rtasida oxur bo‘lishi zarur. Suv idishlari har bir quyonga alohida bo‘ladi. Ayrim hollarda quyonlar simto‘rlar bilan o‘ralgan tarzda ham boqiladi. Uy quyonlari 5–12 yilgacha yashaydi.

  Quyonlarni qochirish va bolalatish. Erkak va urg‘ochi quyon bir katakda saqlanadi. Quyonlarning bo‘g‘ozlik davri o‘rtacha 30 kun davom etadi. Quyon bolalari o‘z onalaridan 19, 29 va 45 kun-ligida ajratiladi va turli xil oziqlar bilan boqiladi.

  DIQQAT!Urg‘ochi quyon 3–4 oyligida jinsiy yetiladi, 5–6 oyligida qochiriladi, 28–32 kunda bolalaydi. Yiliga 3–6 marta, har safar 5–8 bola tug‘adi.

Menyuga qaytish.

Report Page