QO'Y

QO'Y

t.me/ykfoundation

Qo‘y inson hayotida go‘shti va suti, terisi va juni bilan katta ahamiyatga ega.

Zotlari. Hozirgi kunlarda aholi xonadonlarida qo‘ylarning jaydari, hisori go‘shtdor-jundor dumbali zotlari va ularning duragaylari boqilmoqda.

Jaydari zotli qo‘ylar. Go‘sht-yog‘ berishga ixtisoslashgan dag‘al junli, dumbali mahalliy qo‘y zoti. Bu qo‘ylar yaylov hamda qishloq sharoitiga moslashgan Unumdor yaylovlarga talabchan emas, o‘z semizligini tezda yo‘qotmaydi. Qo‘ylar 5–7 oyligida jinsiy yetiladi. 15–18 oyligida qochirishga qo‘yiladi. Bo‘g‘ozlik davri 145–155 kun. Ularda bitta yoki ikkitadan qo‘zi olinadi. Qo‘chqorlarning og‘irligi 60–180, sovliqlarniki 35–110 kg atrofida. So‘yim chiqimi 45–60%. Qo‘ylarning juni yiliga 2 marta: bahorda va kuzda qirqiladi va har bir qo‘ydan 1–4 kg jun olinadi. Junlar qalin movut, sholcha, gilam to‘qishda va kigiz bosishda ishlatiladi.

Hisori zotli qo‘ylar. Fermer xo‘jaliklarida hamda aholi tomorqa xo‘jaliklarida ushbu qo‘ylar jadal urchitilmoqda. Chunki bu zotli qo‘ylar bir joyda muqim saqlab boqishga juda moslashgan. Hisori qo‘ylar yirik dumbasi, tez yetilishi bilan boshqa dumbali qo‘ylardan farq qiladi. Qo‘chqorlarining tirik vazni 110–120 kg, sovliqlariniki 80–90 kg, dumbasi o‘rtacha 15–20 kg.

   DIQQAT! Kana tushgan qo‘yning junini qirqish qat’iyan man etiladi! Veterinariya xizmati yordamida kanalar yo‘qotilgandan keyingina qo‘yning junini qirqishga ruxsat beriladi.

  Parvarishlash. Qo‘yxonada bir ona qo‘yga 1,5 m2, axta qo‘ylarga 1 m2, katta qo‘chqorlarga 2 m2 joy ajratiladi. Bir bosh qo‘y har kuni 200–300 g omixta yem, 1 kg maydalangan pichan va sabzavot chiqindisi, makka silosi, senaj, somon va keragicha tuz bilan boqiladi.

  Qishda qo‘yning semizligidan qat’iy nazar kuniga 0,5 kg. dan maydalangan pichan beriladi.

Bo‘g‘oz qo‘ylarga katta e’tibor berish kerak. Ularga tug‘ishida bir oy ilgari har kuni 0,4 kg. dan omixta yem yediriladi.

Qo‘ylarni qochirish. Sovliqlarni qochirishga tayyorlash kerak. Ular qanchalik semiz bo‘lsa, shunchalik yaxshi kuyikadi va baquv-vat qo‘zi tug‘adi. Avgust oyidan boshlab sovliqlarning kunlik rat-sioniga bir kilogrammdan don aralashmasi yoki bug‘doy, suli, ikki dona tuxum qo‘shiladi. Oziqani to‘yimli oqsil va tuz bilan boyitish uchun lizunets aralashtiriladi. Qochirish uchun naslli qo‘chqorlar tanlanadi. Sun’iy qochirish ishlari iqlim sharoitiga qarab 17–25 kun davom etadi.

Menyuga qaytish.

Report Page