O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari - moliya vaziri Jamshid Qo’chqorovning, Jahon Bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – janob Xideki Mori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi
MoliyaPress“Biz O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan yangiliklar va o’zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqdamiz”. Ta’kidlash joizki, juda ko’p yangiliklar bo’lib o’tayotgan islohotlar bilan uzviy bo’g’liq.
Mamlakat hayotidagi deyarli barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamika – atrofdagi barchani qiziqtirib, katta taasurot uyg’otib kelmoqda. Siz juda kuchli va keng qamrovli islohotlar dasturini boshladingiz. Biz esa o’z navbatida, sizga ushbu ishlarni har tomonlama amalga oshirishda yordam berish va hamkorlik qilish uchun tayyormiz.”
Shu haqida Jahon Bankining makroiqtisodiy amaliyot, savdo va sarmoyalar bo’yicha menedjeri – Sandip Maxadjan janoblari uchrashuv davomida aytib o’tdi.
Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari-moliya vaziri Jamshid Qo’chqorovning, Jahon Bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – janob Xideki Mori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Jahon Bankining energetika va qazib chiqarish sohasidagi global amaliyot boshlig'i - Samir Shukla hamda energetika bo’yicha katta mutaxassis – Mitsunori Motoxashi janoblari ishtirok etdilar.
Konstruktiv suhbat chog’ida bo’lib o’tayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlari va Jahon Banki tomonidan yanada qo’llab-quvvatlash usullari, Yo’l xaritasining keyingi bosqichlarini ishlab chiqish borasida fikr almashinildi.
Shuningdek, o’rta va uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikno ta’minlash, xususiy sektor rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, biznes muhitida raqobatbardoshlikni oshirish, mamlakatning sarmoyaviy muhitini takomillashtirish va aholining zaif qatlamlariga yo’naltirilgan ijtimoiy himoya ko’rsatish masalalari ko’rib chiqildi.
Mamlakat miqyosida bo’lib o’tayotgan iqtisodiy islohotlar bo’yicha aholining moliyaviy savodxonligi va xabardorligini oshirish maqsadida, Jahon Banki va Moliya vazirligining Axborot xizmati mutaxassislari o’rtasida o’zbek tilida turli xildagi axborot dasturlari ko’rinishidagi media-mahsulotlar, nashrlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati