O‘rnini o‘zgartir

O‘rnini o‘zgartir

A. X. Ubaydullayev
Для русского языка нажмите СЮДА

O‘yin uchun kerak:

o‘yin maydonchasi;

2 ta oq va 2 ta qora shashkalar.

o‘yin maydonchasi

O‘yin qoidasi

Ikki kishi o‘ynashi mumkin. Har bir bola oq va qora shashkalarini qo‘lida berkitadi. Kim birinchi bo‘lib oq shashkani topsa, o‘sha o‘yinni boshlab beradi. Shashkalar doirachalarning ichiga qo‘yiladi. Oq shashka oq doirachaga, qorasi qora doirachaga. Bir dona shashkani esa o‘yinchilar adashib ketmasliklari uchun ag‘darib qo‘yishlari kerak. O‘yin maqsadi: o‘yinchi o‘zining shashkalarini raqibidan oldin joyini o‘zgartirishi kerak. Navbat bilan yuriladi. Masalan, Tohirda oq, Alisherda esa qora shashka. Oq rang shashka Tohirda bo‘lgani uchun ag‘darilgan shashkasi bilan u birinchi yuradi. Keyin Alisher ham ag‘darilgan shashkasi bilan yuradi. O‘yin shu tarzda davom etadi. Har bir shashka xohlagan tomoniga to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yurishi mumkin. Lekin raqib nuqtasi bilan kesishadigan qo‘shni nuqtaga qo‘yish mumkin emas. Yana, o‘zining shashkalarini raqibining “shaharchasi” bilan kesishadigan nuqtaga qo‘yish mumkin emas. Yurishga yo‘l bo‘lmasa, o‘yinchi o‘z navbatini o‘tkazib yuboradi. Kimning shashkalari tezlikda joyini o‘zgartirsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi.

👉 @asiaschooluz 👈

A. X. Ubaydullayev

Report Page