#Online_Kimyo

#Online_Kimyo

ᴜʟᴍᴀssᴏɴ【✔】

​​#malumot
#foydali

Eruvchanlik

Ta'rifi: Ayni temperaturada 100g erituvchida erigan moddaning grammlar soniga eruvchanlik koeffitsiyenti deyiladi va S harfi bilan belgilanadi. 

Ko’pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatiladi va eruvchanlik koeffitsiyentiga ko’ra moddalar 3 ga bo’linadi.
1. Yaxshi eriydigan S>10g 
2. Oz eriydigan S=0,001-10g 
3. Erimaydigan S<0,001g
 
Shuningdek eritmalar erigan moddaning eruvchanlik koeffitsiyentiga nisbatan 3 ga bo’linadi. 
1. To’yinmagan 
2. To’yingan 
3. O’ta to’yingan eritmalar
 
1. To’yinmagan eritmada ma’lum miqdor erituvchida eruvchanlik koeffitsiyentidan kam miqdorda modda erigan bo’ladi. 
2. To’yingan eritmalarda ayni temperaturada ma’lum miqdordagi erituvchida eruvchanlik koefetsintiga teng modda erigan bo’ladi. 
3. O’ta to’yingan eritmada ayni temperaturada eruvchanlik koeffetsintidan ko’p modda bo’ladi. Bunday eritmada o’z cho’kmasi bilan dinamik muvozanatda bo’ladi. O’ta to’yingan eritmadan qayta kristallashda foydalaniladi. Buning uchun o’ta to’yingan eritma sovutiladi va kristallar hosil bo’ladi.

Lekin eritmalarning to’yinuvchanligi temperaturaga bog’liq. Ayni temperaturada to’yingan eritma temperatura ortirilganda to’yinmagan eritmaga aylanishi mumkin.

http://graph.org/Online-Kimyo-07-23-5

Report Page