O'RDAK

O'RDAK

t.me/ykfoundation

       Zotlari va xususiyatlari. Aholi xonadonlarida o‘rdakning Oq Moskva, Ukraina oq va kulrang, Xaki-kempbell zotlarini parvarish-lash tavsiya etiladi. Yosh o‘rdakchalar 24–28 haftada jinsiy yetiladi. To‘da-da 5–6 makiyonga bitta erkak o‘rdak qoldiriladi. Bir mavsumda (5–6 oy) 90–130 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumi vazni 85–90 g. Tuxumdan­ jo‘ja ochib chiqish muddati 27–28 kun. Voyaga yetgan erkak o‘rdak vazni 3–4, makiyoniniki 2,5–3 kg. Go‘shti mayin, mazali, parhezbop.

Parvarishlash. O‘rdak boqish uchun tomorqa atrofida oqar suv bo‘lishi lozim. Risoladagidek oziqlantirilsa va parvarish qilinsa, 50–60 kunlik o‘rdak jo‘jasi 2–2,5 kilogrammgacha yetadi. Asosiysi, ular ozuqa tanlamaydi. Voyaga yetgan o‘rdaklar o‘simlik va mayda hasharotlar bilan oziqlanaveradi. E’tiborlisi, o‘rdaklar turli xastaliklarga juda chidamli bo‘ladi.

Bu borada ularga tovuq, kurka va hatto g‘oz ham tenglasha olish-maydi. Yangi tuxumdan chiqqan o‘rdakchalar uchun qog‘ozdan yoki taxtadan quti bo‘lsa kifoya. 20–25 ta jo‘ja uchun 1 m2 joy yetarli. Xonadagi harorat 20 daraja bo‘lishi zarur. O‘n-o‘n ikki kundan ke-yin o‘rdakchalarni bemalol ochiq havoga chiqarish mumkin. Ammo ilk kunlari ularga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki bir kunlik o‘rdakchalar­ o‘zlari ovqatlana olmaydi. Birinchi kuni ularga qay-natilgan tuxumni maydalab, qoshiq bilan yedirish darkor. Ikkinchi kundan o‘rdakchalar mustaqil ravishda oziqlana boshlashadi.

     Dastlab o‘rdakchalar kuniga besh-olti marta oziqlantiriladi. O‘rdakchalar xonasida suv va shag‘al toshchalar doimo bo‘lishi kerak. Ikki haftalik jo‘jalar kuniga uch marta ovqatlantirilsa kifoya. O‘rdakchalar uch haftalik bo‘lguniga qadar oldilaridagi suv chuqur bo‘lmasligi shart. Ularning qorinlari pat bilan qoplangandagina suv havzasiga chiqarish tavsiya etiladi. O‘rdaklar ochiq suvga qo‘yil-ganida tez et oladi va kasal bo‘lmaydi.

MENYUGA QAYTISH.

Report Page