Next majmuasida «Happy Fridays» aksiyasi

Next majmuasida «Happy Fridays» aksiyasi


Bilamiz, juma kuniga kо‘pchilikning mehri bо‘lakcha. Bunga turli tuman sabablar bor – birov bu kunning muborakligini esga olsa, kimdir uchun dam olish kunlari boshlanayotgani о‘zgacha xushkayfiyat bag‘ishlaydi. Next oilaviy majmuasi Juma kuniga quvonish uchun yana bir bahona topdi – bir oy davomida majmuada yangi «Happy Fridays» yutuqli aksiyasi о‘tkaziladi. Ishtirokchilar bu safar har juma qimmatbaho maishiy texnika buyumlarini yutib olish imkoniyatiga ega bо‘ladilar.

Albatta, shundoq ham kо‘pchiligimiz juma kunining kelishini orziqib kutamiz, shu bahona kо‘pdan buyon qо‘l tegmayotgan ishlarni bitirish yoki yaqinlar davrasida maroqli hordiq chiqarishni kо‘ngilga tugib turamiz. Next oilaviy majmuasida uyushtirilayotgan yangi «Happy Fridays» aksiyasi bilan mehnat haftasining yakuni yanada quvonchli va hayajonli bо‘ladi. 17 noyabrdan boshlab har juma 15 dekabrgacha ishtirokchilarning bevosita kо‘z о‘ngida tasoddifiy tanlov asosida uchtadan g‘olib aniqlanib, qimmatbaho maishiy texnika bilan mukofotlanadi.

 Aksiyada ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Hammasi juda oson – aksiya kunlari dо‘konlarda qilingan haridlarning cheklarini yig‘ib, ishtirokchilarni qayd etish bо‘limida, ya’ni majmuaning birinchi qavatida faoliyat olib boradigan maxsus bо‘linmada 10:00 dan 22:00 gacha rо‘yxatdan о‘tish kerak. Chekning minimal qiymati – 300 000 sо‘m. E’tibor bering, ushbu qiymat faqat bir dо‘kondan harid qilingan mahsulotlar qiymati asosida shakllangan bо‘lishi kerak, ya’ni turli dо‘konlardan umumiy qiymati kо‘rsatilgan miqdorga yetgan cheklar rо‘yxatga olinmaydi.

«Happy Fridays» aksiyasini о‘tkazish muddatlari:

- 15 noyabrdan 17 noyabrgacha.

- 22 noyabrdan 24 noyabrgacha.

- 6 dekabrdan 8 dekabrgacha.

- 13 dekabrdan 15 dekabrgacha.

Yutuqli о‘yinlar juma kunlari - 17 va 24 noyabryada, 8 va 15 dekabrda soat 20:00 dan boshlab Next majmuasi birinchi qavatidagi atriumda bо‘lib о‘tadi. Shu kuni yaxshi niyatlar bilan, yaqin insonlar davrasida bо‘lsa nur ustiga a’lo nur, 10:00 dan 20:00 gacha qadar Next majmuasiga tashrif buyurib, tо‘ldirilgan kuponning yirtib olinadigan qismini lototronga tashlash hamda yutuqli о‘yin о‘tkazilishini kutib turish kerak bо‘ladi, xolos. Eslatamiz, sovrinlar о‘ynalayotganda shaxsan ishtirok etshi shart – yutuq faqat shaxsan о‘zi ishtirok etgan ishtirokchiga beriladiy.  

«Happy Fridays» aksiyasining tо‘liq qoidalari bilan Next oilaviy majmuasining internet saytida tanishishingiz mumkin: http://nextmall.uz/NEXT-MAJMUASIDA-HAPPY-FRIDAYS-AKSIYASI.html.

 E’tibor bering! “Happy Fridays" aksiyasida quyidagi do‘konlar ishtirok etayapti:

17- noyabrda bo‘lib o‘tgan birinchi yutuqli o‘yinimiz g‘loblari Ruslan Agzamov, Husan Otaqulov va sohibjamol Arevik Mardyanni chin dildan tabriklaymiz. 

24 noyabrda bо‘lib о‘tgan ikkinchi о‘yinda Tatyana Mavlyanova, Vladimir Xegay va Aleksandra Azizxodjayeva yutuqlarning omadli sohibiga aylandilar.

Manzil: Bobur ko‘chasi, 6

Telefon: 231-20-10

Facebook: https://www.facebook.com/nextmall

Instagram: https://www.instagram.com/next_mall

Telegram: https://telegram.me/joinchat/EFaHMEDWhRJGSpXlab4gfw


Report Page